@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Mediata'lim va faktcheking: tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirish

 2025-04-23 11:06:29   |     Просмотров: 1341

Loyiha “Yuksalish” harakati tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
 

Amalga oshirish muddati: 2024-yil, dekabr – 2025-yil, may.

2025-yil fevral oyida “Mediata'lim va faktcheking: tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirish” mavzusidagi medimaktabning to‘rtinchi mavsumi bo‘lib o‘tdi.

Maqsad – OAV vakillari va blogerlar orasida tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligi darajasini oshirish, shuningdek, mediata’lim sohasidagi professional ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Loyiha ishtirokchilarda mediata’lim sohasida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va OAV hamda blogerlar orasida faktcheking ko‘nikmalarini yaxshilashga qaratilgan.
 

Shu bilan birga dezinformatsiyani aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish, OAVning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi rolini tushunish, hamda Yevropa Ittifoqi ekspertlari bilan OAV vakillari va media ekspertlar o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilgan.

Maqsadli auditoriya: yosh jurnalistlar, sohaga oid fakultet talabalari, yangi va tajribali blogerlar, shuningdek, raqamli platformalarda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish istagida bo‘lgan OAV xodimlari.

Mediamaktab yakunida “Milliy OAVdagi dezinformatsiya xavflari nuqtayi nazaridan me’yoriy-huquqiy bazani tahlil qilish” mavzusida tahliliy tadqiqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadqiqotga mediamaktab bitiruvchilari va taklif etilgan ekspertlar, jumladan jurnalistlar, faktchekerlar va yuristlar jalb qilinadi.