@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

FAOLIYAT

BIZNING MAQSAD

“Yuksalish” harakatining asosiy maqsadi — fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, biznes hamjamiyati, akademik doiralar vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida birlashtirish.

Xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNTlar, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

Aholi va ishbilarmonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, jamoatchilik va biznes vakillarini o‘ylantirayotgan muammo, to‘siqlar va masalalarni aniqlash. Xususan, biznes vakillarining ehtiyojlari va talablarini o‘rganish uchun ochiq muzokaralar o‘tkazish, shuningdek hududlardagi investitsion muhitni yanada yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Keng jamoatchilik va biznes hamjamiyatini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi yuzasidan xabardor qilish, ularning fikr va takliflarini to‘plash va umumlashtirish, ular asosida tahliliy axborotlar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalariga taqdim etish orqali fuqarolarni qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb qilish.

Davlat organlariga fuqarolarning islohotlarning amalga oshirilishi, shu jumladan davlat va milliy dasturlarning bajarilishi bo‘yicha murojaat va so‘rovlarini kiritish, davlat organlarining ochiq kollegial yig‘ilishlarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish, jamoatchilik monitoringi va ekspertizasini o‘tkazish, jamoatchilik fikri so‘rovlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilishi, ijobiy va salbiy natijalarni o‘rganish, amalga oshirilgan ishlarning sifatini baholash, davlat organlari va boshqalar mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida islohotlarning samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Prezident adminstratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

“Yuksalish” harakati O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barchani birlashishga chorlaydi!