@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“YUKSALISH” UMUMMILLIY HARAKATINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Harakat Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.

“Yuksalish” umummilliy harakatining maqsad va vazifalari:

  • xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
  • jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari,  shuningdek fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;
  • rejalashtirilgan, shu jumladan Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish; 
  • milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
  • davlat dasturlari bajarilishining tizimlimonitoringini amalga oshirish va ularning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda, jismoniy va yuridik shaxslarning  huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ishtirokini tahlil qilish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalash harakatlariga faol jalb etish;
  • NNT xodimlarining salohiyati va kasbiy bilimlarini oshirish, fuqarolarda mamlakatimizni rivojlantirishga bo‘lgan dahldorlik hissini kuchaytirish, fuqarolarni yurtimizda ro‘y berayotgan jarayonlarni anglash va muhokama qilishga jalb etish, shuningdek, ularning faol fuqarolik pozitsiya ega bo‘lishlariga da’vat etish;
  • NNTlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga,  inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda NNTlarningrolini  oshirishga, normativ-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz va xududlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq  davlat, sohaga oid va xududiy dasturlarni ishlab chiqish va monitoring qilishga, hamda davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • zamonaviy hamda yuksak salohiyatga ega mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatning intellektual zahirasini shakllantirish;
  • davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va ilgari surish, xususan, tadqiqot, muhokamalar va televizion munozaralar o‘tkazish, rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun platformalarni tashkil qilish, noformal klublarni qo‘llab-quvvatlash va bularda biznes hamjamiyati va akademik doiralar, fuqarolik jamiyati instituti va xalqaro tashkilotlar  vakillari, keng jamoatchilik hamda yoshlarni jalb qilish;
  • NNTlarining davlat organlari, fuqarolar, biznes hamjamiyati va mamlakatning tijorat va boshqa jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirish;
  • NNTlarning mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bog‘liq loyihalarni, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va barkamol yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishi uchun tashkiliy va moliyaviy resurslarni safarbar etish;
  • demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qilish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish, Harakatning turli formatlardagi tadbirlariga jalb qilish;
  • rivojlangan demokratik mamlakatlarning davlat va jamoat o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil qilish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, siyosiy partiyalar, yoshlar siyosatini amalga oshirish, aholi bilan o‘zaro aloqa va fuqarolarning dolzarb muammolarini hal qilish mexanizmalarini yo‘lga qo‘yishdagi tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.