«Ekologlar va faollarning salohiyatini oshirish»
2025-03-24 09:47:09 |
Просмотров: 787
Loyiha maqsadi:
Ekolog va ekofaollarga atrof-muhitni muhofaza qilishga doir g‘oyalarni ilgari surish va sohadagi muammolarga qonuniy yechimlar topish ko‘nikmalarini o‘rgatish.
Loyiha davomiyligi:
2025-yil, yanvar – aprel oylari.
Amalga oshirilgan ishlar:
- Professional yurist va ekologlar ishtirokida 30 nafar ekolog hamda ekofaollar uchun uch kunlik trening tashkillashtirildi va o‘tkazildi.
- Ishtirokchilar davlat organlari va boshqa manfaatdor tomonlarga murojaat qilish usullari bilan tanishtirildi.
- Ishtirokchilar treningdan so‘ng foydalanishi uchun o‘quv materiallari va resurslari yaratildi.
- Tajriba va muvaffaqiyatli amaliyotlar almashinuvi uchun onlayn-platforma yaratildi.
- Ekologik huquqlarni himoya qilish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun yosh, tajribali ekologlar, yuristlar va faollar o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
- Olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish uchun tashabbuskor guruhlar shakllantirildi.
- Tanlangan dolzarb mavzular bo‘yicha 3ta advokatsion kompaniya rejalari ishlab chiqildi.
- Advokatsion kompaniyalar doirasida 4ta loyiha ishlab chiqildi.
- Global Green Fund’ga tanlov asosida grant ajratish uchun 4ta loyiha arizasi topshirildi.