@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiyin vaziyatda qolgan va nogironligi boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy inklyuziyasi” loyihasi

 2024-08-04 01:03:13   |     Просмотров: 1294

 

Loyiha “Yuksalish” harakati va Toshkent shahar “Umidvorlik” nogiron bolalarga yordam berish markazi tomonidan Solidaritätsdienst International e.V. (SODI, Germaniya) nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) moliyaviy ko’magida amalga oshirilmoqda.

Milliy hamkorlar: Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi.

Loyiha maqsadi: qiyin vaziyatlarda qolgan (shu jumladan nogironligi boʻlgan) 18-35 yoshdagi yoshlarning fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda, shaxsiy va kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarishda imkoniyatlarini kengaytirish orqali turmush sifatini yaxshilash. Bunga ularning shaxsiy, kasbiy, ijodiy va kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish yoʻli bilan erishiladi.

Loyiha doirasida Toshkent shahrida Yoshlar uchun ijtimoiy markaz tashkil qilingan.

Markaz quyidagi yoshlarni qo’llab-quvvatlaydi:

  • Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan;
  • Ruhiy zo’riqishni boshdan kechirayotgan;
  • Ijtimoiy himoyaga va huquqiy yordamga muhtoj.

Markaz benefitsiarlarga yaxlit inklyuziv yondashuv orqali ularning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish uchun innovatsion xizmatlarni taqdim etadi.

Bundan tashqari, bugunga qadar (2025-yil 25-mart):

  • ijtimoiy xodim maslahati xizmatidan 245 nafar
  • psixolog maslahati xizmatidan 239 nafar
  • huquqshunos maslahati xizmatidan 232 nafar yoshlar foydalandi;
  • Web-dasturlash bo‘yicha kurslarda 82 nafar
  • Biznes bo’yicha kurslarda 102 nafar yoshlar ta’lim oldi;
  • 76 nafar yoshlar yog‘ochga ishlov berish bo‘yicha hunarmandchilik ko‘nikmalariga ega bo‘ldi;
  • Loyihaga 77 nafar volontyor jalb qilindi;

Shuningdek, Markazga murojaat qilgan:

  • 320 nafar yoshlarning psixologik trening/maslahatlardan so‘ng ruhiy holati yaxshilandi;
  • 183 nafar yoshlar huquqshunos maslahatini olib, ularning masalasi bo’yicha turli davlat tashkilotlariga ariza va murojaatlar tayyorlandi hamda moddiy ahvoli yaxshilandi (jumladan, kvartira uchun order olishga, ishga joylashishiga, nogironlik darajasi tiklanishiga, bepul yo‘llanmalar olinishiga va boshqalarga erishildi);
  • Loyiha boshlanganidan buyon 69 nafar yosh ish bilan ta’minlandi.

Markazga murojaat qilgan har bir yosh inqirozdan chiqish va rivojlanish bo‘yicha individual dasturga ega bo‘ladi.

Hozirda:

  • Loyiha jamoasi tomonidan mavjud davlat ijtimoiy himoya institutlari samaradorligini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda;
  • Barcha manfaatdor tomonlar bilan aloqa o‘rnatilib, butun loyiha davomida fikr almashish yo’lga qo’yilmoqda. Muloqot uchun ekspertlar “maydonchasi” yaratilgan.

Markaz ish vaqti: Dushanba—Juma, soat 10:00 dan 16:00 gacha

Telefon raqami: +998 95 196 97 97

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.