O‘tkazilish joyi: O‘zbekistonning barcha hududlari.
Maqsad: O‘zbekistonda qulay ekologik muhit yaratish, daraxtlarni muhofaza qilish, tiklash va ko‘paytirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish.
Aksiyada qatnashish uchun davlat va xususiy tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, NNTlar, yoshlar va ekologik birlashmalar, jismoniy shaxslar, faol fuqarolar taklif etiladi.
Birinchi aksiyaning o‘tkazilish sanasi: 2019-yil 24-oktabr.
- 2019-yilda 1 652 113 ta daraxt ekilgan.
- 2020-yilda — 2 125 225 ta.
- 2021-yilda — 25 000 ta.
- 2022-yilda — 1 500 ta.
- 2023-yilda — 150 ta.
- 2024-yilda — 2 348 ta.
- 2025-yilda — 871 ta. (bahorgi mavsum)
Muhim: daraxtlar hudud va mintaqalarning xususiyatlari hamda iqlimiy barqarorligiga qarab tanlanadi.
Masalan, daraxtlar quyidagi joylarga ekiladi:
- Maktablar, bog‘chalar, mahallalarda — mevali va bog‘ daraxtlari.
- Bog‘ va xiyobonlarda — soya beruvchi manzarali daraxtlar.
- O‘rmon xo‘jaliklarida — pista, yong‘oq daraxtlari.
- Tog‘li hududlarda — ignabargli (archa) daraxtlar.
Aksiya o‘tkazilishining yana bir muhim sharti — ekilgan daraxtlar keyinchalik sug‘orilishi va parvarish qilinishini ta’minlashdir.
"Bir million daraxt" aksiyasining o‘tkazilish muddati: har yili.