@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Fuqarolik jamiyati — inklyuziv rivojlanish va mahalliy tashabbuslar drayveri” yakuniy forumi uchun tantanali gala-kechki ovqatni tashkil etish bo‘yicha

 2026-11-06 14:50:00   |     Просмотров: 109



Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Yuksalish” harakati tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik rivoji uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan yakuniy forum uchun tantanali gala-kechki ovqatni tashkil etish bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi.













 

Tender predmeti

Yakuniy forumning tantanali yopilish gala-kechki ovqatini tashkil etish: restoran banket zalini taqdim etish, ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va asosiy texnik jihozlar.

Sana va vaqt

2026-yil 2-dekabr, 19:30–22:00 (22:30 gacha uzaytirish imkoniyati bilan).

Joy

Toshkent shahridagi restoran yoki banket zali.

Mehmonlar soni

80 kishigacha, shu jumladan yuqori martabali mehmonlar (Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, KAS, “Yuksalish”, davlat organlari vakillari) va hududlardan kelgan ishtirokchilar.

Kimlar ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, 80 nafargacha mehmonli banketlarni o‘tkazish tajribasiga ega restoranlar, banket zallari va keytering kompaniyalari.

Taklifni topshirish

Texnik topshiriqqa muvofiq tayyorlangan texnik va narx takliflari info@yuksalish.org yoki lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochtasiga “Tender — gala-kechki ovqat — [tashkilot nomi]” mavzusi bilan yuboriladi.

Topshirish muddati

2026-yil 11-noyabr, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan). Muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

Savollar

2026-yil 6-noyabrgacha info@yuksalish.org yoki lutfiddinov@yuksalish.org manziliga yoki +(998) 99 835-85-56 raqamiga yuborilishi mumkin. Javoblar hujjatlarni so‘ragan barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Natijalar

2026-yil 16-noyabrgacha e’lon qilinadi.

Hujjatlar

Texnik topshiriq va narx taklifi shakli:

 

Buyurtmachi har qanday yoki barcha takliflarni rad etish, shuningdek shartnoma tuzilgunga qadar tenderni istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tenderda ishtirok etish buyurtmachiga hech qanday moliyaviy majburiyat yuklamaydi.