TOP-40: boşqaruvdagi yoş rahbarlar
“Yuksaliş” harakati tomonidan 2019-yildan buyon e’lon qilib kelinayotgan “TOP-40: boşqaruvdagi yoş rahbarlar” reytingi yangilandi.
Röyxatga yuqori mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan 40 nafar yoş rahbar kiritildi. Ularni birlaştiradigan asosiy jihat — egallab turgan lavozimi emas, balki erişgan natijasi: har biri öz sohasida zamonaviy yondaşuv, taşabbuskorlik va yangiliklarni joriy etiş orqali aniq ölçanadigan natijalarni qölga kiritgan.
Reyting iştirokçilari davlat boşqaruvining eng mas’uliyatli böğinlarida işlamoqda. Ular orasida Boş vazir örinbosari, Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosarlari, Prezident maslahatçisi va vakili, vazirlarning birinçi örinbosarlari, agentliklar rahbarlari, şahar hokimlari hamda yirik davlat kompaniyalari rahbarlari bor. Ularning 17 nafari (42,5 foiz) taşkilotning birinçi rahbari yoki mustaqil lavozimdagi mas’ul şaxsdir.
Ahamiyatlisi şundaki, reyting iştirokçilarining köpçiligi sohaviy strategiyalarni işlab çiqiş, raqamli yeçimlar va zamonaviy boşqaruv usullarini amaliyotga joriy etişda taşabbuskor sifatida bevosita iştirok etmoqda.
Reytingda davlat boşqaruvida yuqori rahbarlik lavozimiga erişiş uçun yillar davomida tajriba töplaş talab etilişini inobatga olgan holda, 40 yoşgaça bölgan rahbarlar faoliyati belgilangan mezonlar asosida tahlil qilindi.
Baholaş mezonlari
Bu yil baholaş oddiy, ammo talabçan savolga asoslandi: rahbar faoliyati natijasida sohada aynan nima özgardi? Bu savolga xolis javob topiş uçun 100 ballik tizimda oltita mezon qöllanildi:
|
Mezon |
Nima baholandi |
Ball |
|
Normativ-huquqiy hujjatlardagi özgarişlar |
Rahbar taşabbusi yoki iştirokida qabul qilingan qonun, farmon, qaror va boşqa hujjatlar, ularning amaliy ta’siri |
20 |
|
Iqtisodiy va sohaviy körsatkiçlar |
Mas’ul sohadagi asosiy körsatkiçlar dinamikasi: investitsiya, daromad, xizmatlar qamrovi, loyihalar ijrosi |
20 |
|
Murojaatlar ijrosi |
Murojaatlar ijrosi böyiça sohalar kesimida e’lon qilingan tahlillar, murojaatlarning hal etiliş darajasi |
15 |
|
Oçiqlik |
Faoliyat haqida oçiq ma’lumot, jamoatçilik va OAV bilan muloqot, raqamli va şaffof mexanizmlar |
15 |
|
Xalqaro reytinglardagi özgarişlar |
Mas’ul soha böyiça xalqaro indeks va reytinglardagi örin, xalqaro e’tirof va hamkorlik |
15 |
|
Lavozimning islohotlarga institutsional ta’siri |
Rahbar egallab turgan lavozimning tegişli sohadagi islohotlarni işlab çiqiş va amalga oşirişga institutsional ta’sir darajasi |
15 |
Ma’lumotlar davlat organlarining rasmiy saytlari, elektron va rasmiy statistik ma’lumotlar, xalqaro taşkilotlar hisobotlari va OAV materiallaridan yiğilib, ekspertlar guruhi tomonidan verifikatsiya qilindi.

Reyting ishtirokçilari
Bu yilgi reyting iştirokçilari davlat boşqaruvining deyarli barça böğinlarini qamrab oladi.
Misol uçun, Prezident Administratsiyasidan 10 nafar rahbar reytingdan joy oldi. Xususan, Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari — departament boşlığı Timur Butunbayev, Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari Şerzod Ozodzoda, Prezident maslahatçisi Kamoliddin Mardonov, Prezidentning madaniyat böyiça vakili Xasan Salixov, Prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Akromjon Fozilov, departament boşlığı Ella Djaxangirova, Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudirining örinbosari Abrorjon Pulatov hamda departament boşlığining birinçi örinbosarlari Aziz Azimov, Aziza Qurbonova va Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Şu bilan birga, reytingda huquq-tartibot yönalishida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan rahbarlar ham örin egallagan. Bu yönalişdan Boş prokurorning örinbosari Bahodir Normurodov, Içki işlar vazirining örinbosari Rustam Mirzayev, Adliya vazirining örinbosari Mirjalol Allakuliyev va Mudofaa vazirining örinbosari Jahongir Muratov reytingga kiritilgan.
Şuningdek, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti raisi Laylo Aslonova va Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti raisi Otabek Sobitov reytingga istiqbolli nomzodlar sifatida kiritildi. Yoşlar parlamentlari yoşlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi iştirokini ta’minlaydigan, ularning taşabbuslarini davlat organlariga yetkazadigan muhim maydondir.
Uşbu tuzilmalarga rahbarlik qiliş qonun loyihalarini muhokama qiliş, davlat idoralari va jamoatçilik bilan muloqot olib boriş, yoşlar manfaatlarini himoya qiliş kabi yönalişlarda boy amaliy tajriba beradi. Aynan şu tajriba ularning kelgusida davlat boşqaruvida mas’uliyatli vazifalarni samarali bajarişi, davlat va jamiyatga naf keltiradigan rahbarlar bölib yetişişi uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi. Ularning reytingdan joy olişini yoş kadrlarga bildirilayotgan işonç va ularning salohiyatiga berilgan yuqori baho sifatida qabul qiliş mumkin.
Yangi avlod boşqaruvçilarining umumiy belgilari
Reyting iştirokçilarini birlaştiradigan asosiy jihat — progressiv boşqaruv uslubi. Ular raqamli yeçimlarni (sun’iy intellekt, elektron savdo, onlayn xizmatlar) özlari rahbarlik qilayotgan sohalarda tezkor joriy etmoqdalar, xalqaro tajribani milliy amaliyotga moslaştirib, qarorlarni oçiq ma’lumotlarga tayanib qabul qilmoqdalar. Ularning köpçiligi xorijda ta’lim olgan yoki xalqaro taşkilotlar bilan işlaş tajribasiga ega rahbarlardir.
Bu yilgi reyting tarkibi boşqaruvdagi yangilaniş sur’atini ham yaqqol körsatadi. Jumladan, 29 nafar rahbar (72,5 foiz) reytingga ilk bor kiritildi. Raqamli texnologiyalar, ijtimoiy himoya, ta’lim sifati, sanoat kooperatsiyasi va hududiy boşqaruvda yangi nomlarning paydo bölişi islohotlar yetakçiligi barça yönalişlarda kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Ayol rahbarlar uluşining ösişi ham e’tiborga molik. Bu yil reytingdan 8 nafar ayol rahbar örin oldi — bu avvalgi yilga nisbatan ikki barobar köp. Bu yilgi reytingda ilk bor Boş vazir örinbosari darajasidagi yoş ayol rahbar — Dilnozaxon Kattaxanovaning örin olgani ham uning öziga xos jihati böldi.
Xulosa qilib aytganda, TOP-40 reytingi boşqaruvdagi yoş rahbarlar bugun yangi Özbekistonning amaldagi boşqaruv kuçiga aylanganini körsatmoqda. Ularning taşabbuslari qonunçilikda, iqtisodiy körsatkiçlarda, fuqarolar bilan muloqotda va mamlakatning xalqaro obrösida aniq iz qoldirmoqda. Davlat xizmatidagi har bir xodim uçun bu röyxat muhim xulosani beradi: bugun boşqaruvda natija, taşabbus va oçiqlik eng asosiy ölçovga aylangan. Reytingning töliq röyxati infografikada keltirilgan.
“Yuksaliş” harakati matbuot xizmati