@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" umummilliy harakati ofisida BMTning maslahatchi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 2019-07-19 09:19:00   |     Просмотров: 2649

“Yuksalish” harakati ofisida BMT maslahatchilari missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning maqsadi – “Yuksalish” umummilliy harakatining faoliyati bilan tanishish, O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni saqlashda dolzarb masalalarni muhokama qilish, yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish orqali jamiyatda birlikni mustahkamlash, fuqarolarning davlatga, mahalliy jamoalarga va ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish edi.

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov mehmonlarga amaldagi islohotlarning Strategiya doirasida qanday amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berdi. Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublikaning shahar va tumanlarida infratuzilma va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Muhim siyosiy qarorlar jamoatchilik fikri hisobga olinib qabul qilinayotgani, hokimiyat va xalq o‘rtasida dialog prinsipining barcha davlat idoralari darajasida ilgari surilayotgani ta'kidlandi. Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonasi institutlari joriy etilgan, davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tashkil etilgan. Shuningdek, qonunchilik hujjatlari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatining yana bir yo‘nalishi jamoatchilik bilan, shuningdek biznes hamjamiyati bilan dialogni rivojlantirishga qaratilgan. Bu, ayniqsa, mintaqalardagi bo‘linmalar orqali yuzma-yuz uchrashuvlar yoki zamonaviy aloqa kanallari, veb-platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, https://yumh.uz sayti orqali fuqarolar har xil o‘z volontyorlik asosida harakatga qo‘shilishlari mumkin, Telegram bot @uzbyuksalish va “Jamoatchilik fikri” maxsus kanali orqali aholi muammolarini o‘rganish amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Bizning qahramonlarimiz” loyihasi doirasida hududlarda, shaharlar va tumanlarda hozirgi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmagan va jamiyatga foyda keltirgan fuqarolarni aniqlash maqsad qilingan.

BMTning mintaqaviy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Kurtmulla Abdug‘anievning fikriga ko‘ra, mamlakatda islohotlar faollashgani sari fuqarolarda kutishlar oshgan. U aholi kutganidekmi yoki kutishlar ortiqchami degan savolni berdi. “Yuksalish” umummilliy harakati boshqaruvchisi Ulug‘bek Saydievning ta'kidlashicha, Jahon banki bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, islohotlarning 95 foizi aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinmoqda.

Shuningdek, davlat va jamiyat sohalarini isloh qilishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish juda muhimligi ta'kidlandi. Katta tadqiqotlarni amalga oshirishda ekspertlik ko‘magi va yetakchi tahlil markazlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. O‘rta Osiyoda BMT himoyasida davlat va jamiyatni qurish bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish taklif etildi.

Ma'lumot uchun: BMT maslahatchilari missiyasi O‘zbekistonga BMTning Tinçlikni saqlash jamg‘armasi doirasida O‘zbekiston uchun "Ijtimoiy birlik orqali ijtimoiy barqarorlikni saqlash" mavzusida loyiha taklifi yaratish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibida BMTning mintaqaviy masalalar bo‘yicha maslahatchilari Kurtmulla Abdug‘aniev (Tojikiston), Ulan Shabyno (Qirg‘iziston), Doruk Ergun (Istanbul) ishtirok etmoqda.

BMTning Tinçlikni saqlash jamg‘armasi BMTning asosiy moliyaviy vositasidir va davlatlarga tinchlikni saqlash uchun birinchi yordamni ko‘rsatish maqsadida ishlaydi. Jamg‘arma turli xalqaro tashkilotlar, davlatlar, mintaqaviy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradi.