@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati yangi jamoa a’zolarini chorlaydi!

 2026-08-11 18:43:37   |     Просмотров: 1597

O‘zbekiston kelajagini bunyod etish, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shish va professional jamoada faoliyat yuritishni istaysizmi?

“Yuksalish” harakati o‘z jamoasini kengaytirmoqda va malakali, tashabbuskor, mas’uliyatli mutaxassislarni hamkorlikka chorlamoqda.

Ayni paytda Harakat quyidagi 3 ta bo‘sh ish o‘rni uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ish joyi: Toshkent shahri.

1. Harakat a’zolari bilan ishlash va tadbirkorlar bilan muloqot bo‘limi mutaxassisi

Mazkur lavozim Harakat a’zolari, hududiy bo‘linmalar, tadbirkorlar va biznes hamjamiyatlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda yangi tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy vazifalar:

  • Harakat a’zolari va hududiy bo‘linmalar bilan doimiy va samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
  • ularning tashabbuslari, takliflari va ehtiyojlarini o‘rganish;
  • tadbirkorlar, biznes hamjamiyatlari hamda investorlar bilan muloqot maydonlarini kengaytirish;
  • biznes vakillarining muammo va takliflarini o‘rganish;
  • uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa muloqot tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish;
  • hamkor tashkilotlar bilan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • bo‘lim faoliyati bo‘yicha zarur tahliliy va tashkiliy materiallarni tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
  • shu yoki yaqin sohada 1–3 yillik ish tajribasi;
  • kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmalari;
  • turli tashkilot va guruhlar bilan samarali ishlash qobiliyati;
  • tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmasi;
  • o‘zbek tilida savodli yozish va ravon muloqot qila olish.

2. Moliya va buxgalteriya mutaxassisi

Mazkur mutaxassis Harakatning moliyaviy faoliyatini samarali tashkil etish, byudjet mablag‘larini rejalashtirish va nazorat qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda buxgalteriya jarayonlarini yuritishda ishtirok etadi.

Asosiy vazifalar:

  • tashkilot byudjetini shakllantirish, rejalashtirish va ijrosini nazorat qilish;
  • moliyaviy hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va prognozlarni tayyorlash;
  • daromad va xarajatlar hisobini yuritish;
  • bank operatsiyalari bilan ishlash;
  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • birlamchi moliyaviy va buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish;
  • moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishini ta’minlash;
  • tashkilotning moliyaviy faoliyati bo‘yicha zarur ma’lumotlarni tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
  • kamida 2–3 yillik amaliy ish tajribasi;
  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritish bo‘yicha bilim;
  • 1S va Microsoft Excel dasturlarida yuqori darajada ishlay olish;
  • moliyaviy hujjatlar bilan aniq va mas’uliyatli ishlash;
  • tahliliy fikrlash va raqamlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • amaldagi moliya va soliq tartib-taomillaridan xabardor bo‘lish.

3. Xalqaro bo‘lim mutaxassisi

Ushbu lavozim Harakatning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xorijiy hamkorlar va donor tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar hamda xalqaro tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

Asosiy vazifalar:

  • xalqaro tashkilotlar, donorlar, diplomatik vakolatxonalar va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
  • istiqbolli xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash;
  • qo‘shma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;
  • xalqaro uchrashuvlar, konferensiyalar, forumlar va boshqa tadbirlarni tayyorlash;
  • xorijiy hamkorlar bilan yozishmalar olib borish;
  • xalqaro grantlar va loyihalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • uchrashuvlar uchun axborot-tahliliy materiallar va ma’lumotnomalar tayyorlash;
  • xalqaro hamkorlikka oid loyihalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • xalqaro munosabatlar yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
  • shu yoki yaqin sohada 1–3 yillik ish tajribasi;
  • o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish;
  • rasmiy yozishmalar va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • xalqaro hamkorlar bilan professional muloqot olib borish qobiliyati;
  • tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va mas’uliyat;
  • jamoada hamda mustaqil ishlay olish ko‘nikmasi.

Biz nimalarni taklif qilamiz?

“Yuksalish” harakati o‘z xodimlari uchun professional rivojlanish, yangi bilim va tajriba orttirish hamda jamiyat uchun ahamiyatli tashabbuslarda bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga:

  • barqaror va raqobatbardosh ish haqi;
  • Toshkent shahridagi qulay va zamonaviy ofisda ishlash imkoniyati;
  • professional rivojlanish va malaka oshirish uchun sharoit;
  • mamlakat miqyosidagi ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish;
  • davlat, fuqarolik jamiyati, biznes va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik qilish;
  • xalqaro maydonda tajriba orttirish imkoniyati taklif etiladi.

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?

Vakansiyalardan biriga qiziqsangiz, o‘z rezyumeingizni @yuksalish_harakati Telegram manziliga yoki info@yuksalish.org   elektron pochta manziliga yuboring.

Elektron pochta orqali murojaat qilganda, xatning mavzu qismida ariza topshirayotgan lavozimingiz nomini ko‘rsatishingizni so‘raymiz.

Nomzodlar taqdim etgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi va dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar suhbatga taklif etiladi.

O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z bilim va tajribangiz bilan hissa qo‘shishni istasangiz, “Yuksalish” jamoasiga qo‘shiling!