@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O‘zbekistonda Shanxay-Toshkent ilmiy-texnik innovatsiyalar markazini tashkil etish bo‘yicha navbatdagi qadam tashlandi

 2019-07-11 15:21:00   |     Просмотров: 4060

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Shanxay universiteti qoshidagi SHT xalq diplomatiyasi ilmiy-tadqiqot instituti taklifiga binoan Xitoyning Shanxay shahrida qator tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Jumladan, tadbirlar davomida “Yuksalish” umummilliy harakati va Shanxay universiteti qoshidagi ShHT xalq diplomatiyasi ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Bundan tashqari, Xitoyning Ilmiy-texnik aloqalar markazi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Toshkent shahrida Shanxay-Toshkent ilmiy-texnik innovatsiyalar markazini tashkil etish loyihasi bo‘yicha aniq vazifalarni muhokama qildilar. Ushbu markaz o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar uchun Xitoyda malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi. Shuningdek, qo‘shma laboratoriyalar yaratish ham rejalashtirilgan.


Uchrashuv yakunida Xitoy vakillari O‘zbekiston delegatsiyasini joriy yilning oktabr oyida Sinszyanda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro innovatsiyalar anjumanida ishtirok etishga taklif etdi.


    Ma’lumot uchun: O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yilning oktyabrida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Texnologik innovatsion alyans sammitida ishtirok etib, Shanxay fan va texnologiya markazi bilan Toshkent shahrida birinchi o‘zbek-xitoy innovatsion markazini tashkil etishga kelishib olgan edilar.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati