@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakatida “Jahon xalqlari assambleyasi” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2026-04-21 19:18:56   |     Просмотров: 1228

2026-yil 21-aprel kuni “Yuksalish” harakatida “Jahon xalqlari assambleyasi” xalqaro nodavlat tashkilotlari ittifoqi Bosh kengash raisi Svetlana Smirnova hamda assambleya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Yuksalish” harakati va Assambleya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, jamoat diplomatiyasini kuchaytirish hamda qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda tomonlar jamoat diplomatiyasini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro maydonda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, xalqaro sammitlar, forumlar va muloqot maydonlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlar ishtirokini kengaytirish hamda Yevroosiyo makonida barqaror aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

“Yuksalish” harakati tomonidan tashkilot faoliyati, jumladan, Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi va ekspertlar alyansi doirasidagi tashabbuslar taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuvda fuqarolik jamiyati sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro muloqotni rivojlantirish hamda jamoat diplomatiyasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
“Yuksalish” harakati matbuot xizmati