@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 2026-04-07 17:31:33   |     Просмотров: 1255

2026-yil 6-aprel kuni “Yuksalish” harakati ofisida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakili, elchi Antti Karttunen hamda tashkilotning loyiha koordinatori Jo‘rabek Omonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Yuksalish” faoliyati bilan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov tashkilot faoliyati, xususan, yangi tashkil etilayotgan Tadqiqot markazi, milliy darajadagi tahliliy tashabbuslar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning samaradorligini baholashda ishonchli va xolis ma’lumotlarning ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, Tadqiqot markazining metodologiyasi va hamkorlik imkoniyatlariga qiziqish bildirildi.

Muzokaralarda siyosiy jarayonlarda fuqarolar, ayniqsa yoshlar ishtirokini kengaytirish, jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish hamda mahalliy boshqaruv jarayonlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar yoshlarni, ayniqsa chekka hududlardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish va fuqarolik jamiyati ishtirokida islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.