@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Xiva shahrida yoshlar va bolalar manfaatlarini hisobga olgan holda mahalliy boshqaruv masalalari muhokama qilindi

 2026-03-16 10:21:22   |     Просмотров: 1427

2026-yil 12-mart kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilib, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda “Yuksalish” harakati hamkorligida amalga oshirilayotgan BMTning “O‘zbekistonda mahalliy boshqaruvni yoshlar va bolalar manfaatlarini hisobga olgan holda transformatsiya qilish” Qo‘shma dasturi doirasida delegatsiya tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida “Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv asosida pilot strategik rivojlanish rejalarini ko‘rib chiqish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda o‘rta muddatli rivojlanish rejalari, ularni byudjet va ko‘rsatkichlar bilan uyg‘unlashtirish hamda RBM/PBB yondashuvlarini mahalliy boshqaruv amaliyotiga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur hamkorligida amalga oshirilmoqda. Dastur respublikaning 4 ta hududidagi 12 ta pilot tuman va shaharda joriy etilgan bo‘lib, Xorazm viloyatida Xiva shahri, Shovot va Yangibozor tumanlarini qamrab oladi.

Shuningdek, Xiva shahri, Shovot va Yangibozor tumanlari Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari hamda Yoshlar, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini mustahkamlashga bag‘ishlangan hududiy almashinuv tashkil etildi. Unda yoshlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi qismida  Xiva shahri hokimi Temur Davletov bilan ham rasmiy uchrashuv tashkil etilib, Qo‘shma dastur doirasida erishilgan dastlabki natijalar hamda mahalliy boshqaruvda yoshlar va bolalar manfaatlariga yo‘naltirilgan yondashuvlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shveysariya elchixonasi missiya rahbarining o‘rinbosari, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) rahbari Andrin Fink mazkur tashabbus inklyuziv mahalliy boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio esa mahalliy rivojlanish rejalari ishlab chiqilishida bolalar va yoshlarning fikri va manfaatlarini hisobga olish muhimligini qayt etdi.

“Yuksalish” harakati raisi o‘rinbosari Umidjon Rajabovga ko‘ra, ushbu dastur mahalliy boshqaruv tizimida yoshlar va bolalar uchun inklyuziv yondashuvlarni rivojlantirish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman ushbu dastur yoshlar o‘z jamoalarida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan qulay muhitni yaratishiga ishonch bildirdi.