Sinxron tarjima uskunalarini ijaraga beruvchi tashkilotlar diqqatiga!
«Yuksalish» harakati Farg‘ona viloyatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida sinxron tarjima uskunalarini taqdim etish va texnik kuzatuv xizmatlarini ko‘rsatish uchun malakali tashkilotlar hamda yetkazib beruvchilarni jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida 2026-yilning 11–13-fevral kunlari Farg‘ona shahrida 3 kunlik tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Uskunalarga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar quyidagi havolada keltirilgan: Yuklab olish
Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish istagida bo‘lgan tashkilotlar o‘z tijorat takliflarini (uskunalarning texnik xususiyatlari va ish tajribasini ko‘rsatgan holda) quyidagi elektron manzillarga yuborishlari mumkin: info@yuksalish.org, lutfiddinov@yumh.uz
Takliflar 2026-yil 2-fevralga qadar qabul qilinadi.