@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!

 2026-01-21 14:40:25   |     Просмотров: 897

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida 2026-yilning 11–13-fevral kunlari Farg‘ona shahrida 3 kunlik tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

3 kunlik tadbirlarni tashkil etish uchun joy va unga aloqador xizmatlarga oid talablar quyidagi havolada keltirilgan: [Havola]

Ushbu xizmatlarni koʻrsatish istagida boʻlgan tashkilotlar texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini info@yuksalish.org va lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.

Takliflar 2026-yil 27-yanvarga qadar qabul qilinadi.