@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!

 2025-12-29 19:31:15   |     Просмотров: 841

“Yuksalish” harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish maqsadida tender eʼlon qiladi.

 

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — "Yuksalish" harakati bilan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida 2026-yilning 15–16-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ikki kunlik tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ikki kunlik tadbirni tashkil etish uchun joy va unga aloqador xizmatlarga oid talablar quyidagi havolada keltirilgan: [Havola]

Ushbu xizmatlarni koʻrsatish istagida boʻlgan tashkilotlar texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini info@yuksalish.org va lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.

Takliflar 2026-yil 5-yanvarga qadar qabul qilinadi.