@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!

 2025-12-01 11:24:00   |     Просмотров: 1058

“Yuksalish” harakati Qashqadaryo viloyatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish maqsadida tender eʼlon qilinadi.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan hamda Konrad Adenauer fondi va “Yuksalish” harakati tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda inklyuziv jamiyatni rivojlantirish uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida joriy yilning 18–19-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida ikki kunlik tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirni tashkil etish uchun joy va unga aloqador xizmatlarga oid talablar quyidagi havolada keltirilgan: [Havola1], [Havola2]

Ushbu xizmatlarni koʻrsatish istagida boʻlgan tashkilotlar texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini info@yuksalish.org va lutfiddinov@yumh.uz elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.

Takliflar 2025-yil 8-dekabrga qadar qabul qilinadi.