@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

22-oktabrdan 3-noyabrgacha respublikada “Biz — donormiz” aksiyasi o‘tkaziladi

 2025-10-13 15:38:02   |     Просмотров: 2865

22-oktabrdan 3-noyabrgacha butun respublika bo‘ylab “Biz — donormiz” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya “Yuksalish” harakati tomonidan Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tashabbusning maqsadi — donorlik qoni zaxiralarini to‘ldirish va jamiyatda donorlik madaniyatini rivojlantirishdir.

O‘tgan yili aksiya doirasida mamlakat bo‘ylab 700 litrdan ortiq qon yig‘ilgan, mingdan ziyod fuqaro faol ishtirok etgan edi. Bu yil 19-25-fevral sanalarida o‘tkazilgan xayriya tadbirida esa 387,2 litr donorlik qoni to‘plandi.

Donorlik qoni har kuni og‘ir jarrohlik amaliyotidan o‘tgan bemorlar, yo‘l-transport hodisalarida jarohat olganlar hamda onkologik kasalliklarga chalingan insonlarning hayotini saqlab qolmoqda.

Bu yilgi aksiya ham yuzlab befarq bo‘lmagan fuqarolarni birlashtiradi — unda voyaga yetgan va sog‘lig‘ida tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan har bir fuqaro donor sifatida ishtirok etishi mumkin. Qon topshirishdan avval ishtirokchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi — bu jarayon donor va retseptorlar xavfsizligini ta’minlaydi.

Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq ovqatlardan voz kechish, 48 soat oldin spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, yaxshi uxlab olish, qon topshirish kuni yengil nonushta qilish tavsiya etiladi.

“Biz — donormiz” — bu shunchaki aksiya emas.
Bu — insonlar hayotiga yangicha mazmun olib kiruvchi, jamiyat a’zolarini yaxshilik atrofida birlashtiruvchi harakatdir.

“Biz — donormiz” aksiyasiga qo‘shiling va kimningdir hayotiga umid hadya eting.

Aksiyaning o‘tkazilish joylari, vaqti hamda sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin:
 

“BIZ – DONORMIZ!” AKSIYASINI
O‘TKAZISH JADVALI
(2025-yil 28-
oktabrdan 3-noyabrgacha)

№

Hudud

Sana

Vaqt

O‘tkazilish joyi

1

Samarqand viloyati

22-oktabr

10:00

Samarqand viloyati qon quyish markazi

https://maps.google.com/maps?q=39.665534,66.942072&ll=39.665534,66.942072&z=16

2

Xorazm viloyati

28-oktabr

10:00

Xorazm viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/7TjcExDkck5k8ceS7

 

3

Jizzax viloyati

30-oktabr

10:00

Jizzax viloyati qon quyish markazi

https://maps.google.com/maps?q=40.128409,67.832158&ll=40.128409,67.832158&z=16

4

Andijon viloyati

30-oktabr

10:00

Andijon viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/9GAVpUvCVMPdgTQr5

5

Sirdaryo viloyati

29-30-31-oktabr

10:00

Sirdaryo viloyati qon quyish markazi

https://yandex.uz/maps/21605/gulistan/?ll=68.773928%2C40.504932&mode=search&oid=42027703615&ol=biz&z=15

6

Namangan viloyati

29-30-oktabr

10:00

Namangan viloyati qon quyish markazi

https://maps.google.com/maps?q=41.000616,71.590014&ll=41.000616,71.590014&z=16

7

Farg‘ona viloyati

30-oktabr

10:00

Farg‘ona viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/jZaobxoVjsa9hogo9

8

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

29-oktabr

10-00

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazi

 

https://maps.app.goo.gl/tyYT14q3qLCvhTGd9

 

9

Navoiy viloyati

 

28, 31-oktabr

10:00

Navoiy viloyati qon quyish markazi

https://www.google.com/maps?q=40.094323,65.384395&ll=40.094323,65.384395&z=16

10

Toshkent viloyati

 

29-oktabr

10:00

Chirchiq shahridagi Toshkent viloyat qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/HLUh4y5t8Vobw2AB8 

11

Qashqadaryo viloyati

 

 

30-31-oktabr

10:00

Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi

https://yandex.ru/maps/org/232897878425?si=kk24a4vcf4ycfnpny9jqm3b8v4

12

Surxondaryo viloyati

30-oktabr

10:00

Termiz shahri qon quyish markazi

https://yandex.uz/maps/org/11192001296/?ll=67.279494%2C37.226253&z=15

13

Buxoro viloyati

31-oktabr

1-noyabr

3-noyabr

10:00

Buxoro shahri qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/dtWoKWeTRmZmoUg98

14

Toshkent shahri

30-oktabr

10:00

NNTlar uyi, Furqat ko‘chasi 1/1

https://yandex.uz/maps/-/CLV-FJLA