@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Millat salomatligi” birinchi fuqarolik davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 2025-10-10 15:57:11   |     Просмотров: 1345

"Yuksalish" harakati tomonidan Salomatlik va stratеgik rivojlanish instituti bilan hamkorlikda “Millat salomatligi” birinchi fuqarolik davra suhbati tashkil etildi. 

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi salomatligini muhofazasi qilish hamda “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda "Yuksalish" harakati raisi o‘rinbosari Umidjon Rajabov so‘zga chiqdi: 

— Harakatimiz “Millat salomatligi” tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi hamda uni amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu yo‘nalishda nafaqat tadbir va aksiyalar o‘tkazish, balki tashabbusni amalga oshirishning strategik rejasini ishlab chiqish zarur. Bunda davlat, fuqarolik jamiyati va biznes sektorining birlashgan sa’y-harakatlari bilangina muvaffaqiyatga erishish mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlar ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda ishonchli hamkor bo‘la oladilar. Bunga yorqin misol — “Hayot ulash” tashabbusi. Uning natijasida yuzlab oilalar toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu esa millat salomatligining eng muhim omillaridan biridir. 

Uchrashuvda sog‘lom turmush tarzini targ'ib etishga fuqarolik institutlarini jalb etish bo‘yicha xalqaro tajriba, bu borada NNTlarning malakasini oshirish va boshqa shu kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida "Yuksalish" harakati va Salomatlik va strategik rivojlanish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.