@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" harakati va Huawei kompaniyasi “Bir million daraxt” aksiyasini o‘tkazdi

 2025-04-24 17:20:54   |     Просмотров: 2995

24-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) ko‘p tarmoqli klinikasi hududida "Yuksalish" harakati Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda “Bir million daraxt” aksiyasini o‘tkazdi.

TTA ko‘p tarmoqli klinikasida muassasa ma’muriyati istaklariga muvofiq 40 tup archa va 24 tup tuya daraxti ekildi. Ularning o‘sish sharoitini yaxshilash maqsadida 20 qop biogumus yetkazildi. Bundan tashqari, 4 dona skameyka o‘rnatildi.

Aksiya doirasida Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini reabilitatsiya qilish markazi so‘rovi asosida davolanayotgan bolalar uchun 5 dona skameyka yuboriladi. Ushbu obyekt hududida nihollar mart oyida ekilgan edi.

Avvalroq, 2025-yil 14-aprel kuni Huawei kompaniyasi va "Yuksalish" harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi "Oq kema" bolalar oromgohi hamda 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida qariyb 200 tup mevali daraxt ekish ishlarini tashkil etgan edi.

So‘nggi yillarda qo‘shma sa’y-harakatlar bilan Adiblar xiyoboni, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi (RBIIM), Toshkentning 20 ta maktabi, Do‘stlik bog‘i, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Milliy bolalar tibbiyot markazi va Toshkent xalqaro ta’lim universiteti hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Biz toza Botanika bog‘i tarafdorimiz!” aksiyasi ham o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun: “Bir million daraxt” tashabbusi 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda va u keng ishtirokchilar doirasini qamrab olgan. Shu vaqtgacha loyiha doirasida butun mamlakat bo‘ylab 4 millionga yaqin daraxt ekilgan. Maqsad – qulay ekologik muhit yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda yashil hududlarni asrash, tiklash va ko‘paytirish muhimligiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir.

“Bir million daraxt” loyihasi mamlakatning yashil kelajagi yo‘lida davlat, biznes va fuqarolik jamiyati kuchlarini birlashtirishda davom etmoqda.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati