@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 2025-03-13 16:48:28   |     Просмотров: 1745

13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi hamda  “Yuksalish” harakati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat mamlakatimizda qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda Qo‘mita faoliyatiga axborot-tahlil markazlarini faol jalb qilish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadini ko‘zda tutadi.

Hamkorlik doirasida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi:

- yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va mavjud qonunlarni takomillashtirishga Harakat mutaxassislarini jalb qilish, qonunchilikni ilmiy asoslangan materiallar bilan boyitish;

- qonunchilik tashabbuslari bo‘yicha huquqiy-iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish, qonun loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini baholash;

- qonunchilikning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ta'sirini monitoring qilish va tahlil etish;

- jamoatchilik fikrini inobatga olish uchun ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlar o‘tkazish kabi vakolatlarga ega bo‘ladi.
Tomonlar Memorandumda nazarda tutilgan hamkorlik doirasida ishchi uchrashuvlar o‘tkazish hamda zarur maslahatlashuvlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
                                                                                                                                              “Yuksalish” harakati matbuot xizmati