Ochiq vakansiya: yuriskonsult
"Yuksalish" harakati yuriskonsult lavozimi uchun nomzodlar tanlovini o'tkazmoqda.
Ish joyi – Toshkent shahri. Bandlik shakli – yarim stavka.
Asosiy vazifalar:
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va tahlil qilishda ishtirok etish;
- jamoatchilik monitoringini o‘tkazishga ko‘maklashish, yakuniy hisobot va ma’lumotnomalar tayyorlashda ishtirok etish;
- qonun chiqaruvchi organlar bilan hamkorlikda faoliyatni tashkil etish va qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
- turli loyihalar doirasida huquqiy hujjatlar va shartnomalarni tahlil qilish, ekspert xulosalarini taqdim etish;
- jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy tahlillar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
- tashkilot manfaatlarini himoya qilish maqsadida huquqiy maslahat berish va hujjatlar tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot (huquqshunoslik magistr darajasi afzallik hisoblanadi);
- kamida 3 yil yuridik sohada ish tajribasi (davlat organlari, NNT, huquqiy tahlil va monitoring bilan bog‘liq sohalarda ishlaganlar afzallikka ega);
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini chuqur bilish, huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- analitik fikrlash, huquqiy tahlil va xulosalar tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- rus va ingliz tillarini bilish afzallik beradi;
- Microsoft Office dasturlari va huquqiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish qobiliyati.
Aloqa: Hujjatlarni (rezyume va kontakt ma'lumotlari) Harakatning elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz: info@yumh.uz