Diqqat, vakansiya!
“Yuksalish” harakati Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'limi uchun bosh mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qiladi.
Nomzodlar uchun talablar:
• oliy ma'lumot;
• ikki-uch yillik ish tajribasi (xalqaro tashkilotlar va loyihalar bilan ishlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida tajriba);
• davlat va ingliz tillarini mukammal bilish;
• mas'uliyat, ishga ijobiy munosabat, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati (tahlil qilish va umumlashtirish), stressga chidamlilik, liderlik fazilatlari;
• to'liq ish vaqti.
Vazifalar:
• harakatning maqsad va vazifalariga mos ravishda loyiha takliflarini ishlab chiqishda yordam berish;
• hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va qo'llab-quvvatlash – chet eldagi hamkorlar va tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish;
• xalqaro hamda respublika tadbirlari va boshqalarda tashkilot nomidan qatnashish;
• bo'lim ishi, shu jumladan, loyihalar bo'yicha faoliyatni tashkil qilishda yordam berish;
• turli murakkablikdagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
• tegishli hujjatlarni ingliz tilidan o'zbek/rus tiliga va aksincha tarjima qilish;
• bo'lim ishining oraliq va yakuniy hisobotlarini tayyorlashda yordam berish.
Biz qadrlaymiz:
• mas'uliyat, ishga ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlash, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati, detallarga e'tibor, tezkorlik, liderlik fazilatlari.
Maosh suhbat natijalariga ko'ra belgilanadi.
Aloqa: Hujjatlarni (rezyume va kontakt ma'lumotlari) Harakatning elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz: info@yumh.uz (“Xalqaro bo'lim” sarlavhasini ko'rsatgan holda).