@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yil sarhisobi: Jizzax viloyati

 2025-01-03 08:50:00   |     Просмотров: 1238

Joriy yilda jami 2486 nafar fuqaro Harakat a'zoligiga qabul qilindi. Shundan 35 nafar  fuqaro hududiy bo‘linma tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik tadbirlariga spiker va eskpert sifatida faol jalb etildi.

Joriy yilda hududiy bo‘linma tomonidan 34 ta jamoatchilik monitoringi, 10 ta jamoatchilik eshituvi, 8 ta jamoatchilik muhokamasi, 17 ta jamoatchilik loyihasi, 24 marotaba davra suhbati va 4 marotaba aksiyalar o‘tkazildi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalariga 3 ta masala kiritilishiga erishildi. Ushbu tadbirlarda 4381 nafar ishtirokchi qamrab olindi.

2024-yil davomida jamoatchilik nazorati tadbirlarida 57 ta kamchilik va muammo aniqlanib, mahalliy Kengash va davlat organlariga 45 taklif va tavsiya, 12 ta tahliliy ma'lumot kiritildi. Shundan 28 ta muammo ijobiy hal etilishiga erishildi.