@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yil yakunlari: Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limasi faoliyati

 2025-01-03 08:46:00   |     Просмотров: 1188

Yil davomida hududiy bo‘linma tomonidan 2394 nafar faol fuqaro Harakat a'zoligiga qabul qilindi.

“O‘zbekiston-2030”  strategiyasi  bo‘yicha  15 marotaba jamoatchilik  muhokamasi, 32 marotaba jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi, 5 marotaba  jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Yil davomida 2 ta masala viloyat kengashlariga kiritilib, hal etildi. Aholi muammolariga oid tadqiqot va  so‘rovlar soni 4 tani tashkil etdi. 

6 marotaba turli aksiyalar tashkil etildi. Birgina “Biz donormiz” aksiyasida 28,2 litrga yaqin qon to‘plandi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududiy bo‘linma tomonidan yil davomida 125 ta manzarali va mevali daraxtlar ekilishi ta'minlandi.

Joriy yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazishda hududiy bo‘linma ham faol qatnashdi. Xususan, markaziy  apparat tomonidan taqdim etilgan  videoroliklar  viloyatdagi LED ekranlarda muntazam namoyish etib borildi.

Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi raisi doimiy komissiya raisi, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida davra suhbati va muhokamalar o‘tkazildi. Tadbirda NNTlar o‘z taklif va  tashabbuslari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, haftalik doirasida “Havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar” mavzusidagi jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

2024-yilgi  davlat  dasturi  loyihasi yuzasidan  keng jamoatchilik  va  soha  vakillaridan  kelib tushgan 55 ta taklif umumlashtirilgan holda jamoatchilik.uz platformasiga kiritildi.