Yil yakunlari: Buxoro viloyati
“Yuksalish” harakati Buxoro viloyati bo‘linmasi tomonidan 2024-yil davomida 1485 nafar turli soha vakillari, faol fuqarolar Harakat a'zoligiga qabul qilindi.
Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish, amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilik monitoringi sifatida o‘rganish maqsadida turli sohalarda 31 ta jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi. Jumladan:
- Qishloq xo‘jaligi (issiqxona xo‘jaliklari, suvchilar maktabini tashkil etilishi, agrologistika markazlarining faoliyati);
- Tibbiyot (aholiga birlamchi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, raqamlashtirish, dori-darmonlar va tibbiy vositalar ta'minoti, viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida yaratilgan sharoitlar);
- Ta'lim va tarbiya (maktablar qurilishi, toza ichimlik suvi ta'minoti, cholg‘u asboblari va sport anjomlari bilan ta'minlash, DXSh asosida tashkil etilgan MTTlar faoliyati);
- Sport (mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini oshirish, sportga keng jalb qilish, MFYlarning moddiy texnik bazasini yaxshilash);
- Tadbirkorlik va sanoat (yoshlar va kichik sanoat zonalari faoliyati, mikromarkazlarning tashkil etilishi holati);
- Qurilish-bunyodkorlik ishlari (kanallarni betonlashtirish, aholining toza ichimlik va oqova suvi bilan ta'minlanganlik holati, avtomagistral yo‘llarni ta'mirlash);
- Open budget loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar;
- Yoshlar masalasi (mahallardagi qizil toifadagi yoshlarning rahbarlarga biriktirilganligi va ular bilan olib borilgan ishlar holati, yoshlar yetakchilari faoliyati);
- Ijtimoiy himoya agentligi tizimlari faoliyati (ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati, keys menejment tizimi orqali muammolarning bartaraf etilishi holati, nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga davlat va xususiy ob'ektlarga to‘siqlarsiz kirish imkoniyatlarining yaratilganligi);
- Aholi murojaatlari bilan ishlash (sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari, hokim yordamchilari faoliyati) kabi sohalarda jamoatchilik monitoringi tadbirlari o‘tkazildi. Monitoring natijalari yuzasidan
8 marotaba jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi. Bunda, tibbiyot, ta'lim, sport, yoshlar, ijtimoiy himoya, maktabgacha ta'lim, murojaatlar, qishloq xo‘jaligi sohalari qamrab olindi. Tegishli davlat idoralariga 20 dan ortiq tahliliy material yuzasidan tavsiya xatlari kiritildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat va tuman(shahar) Kengashlari sessiyalariga 8 ta masala kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi.
Monitoring tadbirlari yuzasidan Mutasaddi tashkilotlarga hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalariga taklif va tavsiyalar kiritish natijasida 17 ta masala ijobiy hal etildi.
Yil davomida aholini qiynab kelayotgan 7 ta rezonansli dolzarb masala ijobiy hal etildi (maktab va bog‘chalar hududiga yaqin bo‘lgan serqatnov avtomobil yo‘llarida svetofor o‘rnatish, yangi transformator o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasini yotqizish).
Shuningdek, yil davomida jami 4 marotaba huquqiy maslahatlar kuni hamda donorlik aksiyalari o‘tkazildi. Bunda Huquqiy maslahatlar kuni aksiyalarida 200 ga yaqin fuqaroning huquqiy muammolari yuzasidan maslahatlar berilib, mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.