@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati 2024-yil yakunlarini e'lon qildi

 2025-01-04 08:58:31   |     Просмотров: 2528

2024-yil “Yuksalish” harakati uchun yangi ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish, aksiyalarni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy hamda ekologik rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni rivojlantirish yili sifatida yodda qoldi.

Safimiz 77 ming kishidan oshdi

Bu yil bizning safimiz yanada kengaydi. A'zolarimiz soni 77 025 kishini tashkil etmoqda. Ular qatorida davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari, akademik doiralar vakillari, yoshlar, xorijdagi vatandoshlarimiz, tadbirkorlar, san’atkorlar, ekspertlar, mahalla faollari bor. Ular mamlakatda ro‘y berayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda, bizning vazifamiz esa ularning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish va birlashtirishdan iborat.

Xalqaro hamkorlik davom etmoqda

2024-yilda xalqaro sheriklar bilan faol hamkorlik qilishda davom etdik. Yil davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Taraqqiyot va hamkorlik bo‘yicha Shveytsariya agentligi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), UNICEF, Yevroosiyo fondi, KOICA, Latviya tashqi ishlar vazirligi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti kabilardan mamlakatimiz rivoji uchun 1,5 million dollardan ortiq miqdorda mablag‘lar jalb qilishga erishildi.

Markaziy Osiyo miqyosidagi hamkorlik kengaytirildi. Oktabr oyida “Yuksalish” harakati vakillari So‘g‘d viloyatidagi (Tojikiston) Guliston shahrida “Sirdaryo daryosi o‘zani ikkinchi yoshlar forumi”da ishtirok etdilar. Ushbu xalqaro maydonda ekobirlashmalarning muvaffaqiyatga erishish hikoyalari taqdim etildi.

Loyihalar – raqamlarda

  • 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda.
  • 3 ta shaharga bolalar va yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun $ 30.0 mingdan mablab ajratildi.
  • 5 ta loyiha uchun $15 ming kichik grantlar taqdim etildi.
  • 2 ta NNTlar va Jamoatchilik siyosati maktabi tashkil etildi.
  • Ogʻir vaziyatga tushib qolgan va nogironligi boʻlgan 650 dan ziyod yoshlarga bepul huquqiy va psixologik  maslahatlar berildi, 460 dan ortiq yoshlar kasbga oʻqitildi.
  • 21   ta tadqiqot va soʻrovnomalar oʻtkazildi.
  • 22 ta treninglar oʻtkazildi.
  • 15 ta maslahat uchrashuvlari oʻtkazildi.
  • 1000+ fuqarolar qamrab olindi.

Xususan, joriy yilda “Xalqaro huquqni O‘zbekistonda qo‘llash sifatini oshirish” (EQUAL) uch yillik loyihasi yakunlandi. Loyiha doirasida qator jamoatchilik muhokamalari va konferensiyalar o‘tkazilib, BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini amalga oshirish, fuqarolik jamiyatining roli, ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlari, shuningdek, badiiy ijod erkinligi va boshqa madaniy huquqlarni himoya qilishga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi laboratoriya” doirasida “Yuksalish” harakati va “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ikkita tadqiqot natijasi e'lon qilindi. Ulardan biri oliy ta'lim muassasalari talabalarini baholash bilan bog‘liq korrupsiya xavflarini o‘rganishga, ikkinchisi esa akusherlik xizmatlarini ko‘rsatishdagi korrupsion holatlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan edi.

Jamoatchilik nazorati

Butun mamlakat bo‘ylab 373 ta jamoatchilik monitoringi, 100 dan ziyod jamoatchilik muhokamasi va 54 ta jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. «Ishonchli byudjet» loyihasining amalga oshirilishni o‘rganish jarayonida mamlakatning ayrim hududlarida kamchiliklar aniqlandi.

15 ta tahliliy ma'lumotnomalar Prezident Administrasiyasi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va boshqa markaziy idoralarga hamda 359 ta tahliliy materiallar mahalliy davlat organlariga kiritildi.

Yangi qurilayotgan binolarning seysmik xavfsizligini baholash tizimini joriy etish, jamoat transportidagi muammolar, tashabbusli byudjet jarayonlariga oid masalalar yuzasidan ma'lumot va takliflar shaxsan Davlat rahbariga kiritilgan.

Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi natijalariga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralarga quyosh va shamol energiyasini keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Yirik aksiyalar

«Biz - donormiz!» xayriya aksiyasi ilk marotaba yil davomida o‘tkazildi. Uning asosiy maqsadi – qon bankini to‘ldirish va muhtojlarga yordam berishdan iborat. Umumiy hisobda 827,65 litr qon yig‘ildi. Toza ichimlik suvi yetib bormagan bir necha joylarida “Hayot ulash” loyihasi doirasida ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Samarqand viloyati, Urgut tumani “Qoratepa” mahallasida 2000 dan ortiq aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlaydigan quduq foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Xorazm viloyatining Shovot, Xiva va Urganch tumanlaridagi uchta tibbiyot muassasasiga filtrlar o‘rnatilib, quduqlar ishga tushirildi. Natijada 6000 dan ortiq odam, jumladan, xodimlar, bemorlar va kundalik tashrif buyuruvchilar tozalangan ichimlik suviga yetishdi.

Toshkentda “Biz toza Botanika bog‘i tarafdorimiz!” aksiyasi o‘tkazildi, unda 90 ga yaqin kishi, jumladan, maktab o‘quvchilari, talabalar, volontyorlar va tabiatni asrashga befarq  bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirok etdi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar

Joriy yilda “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi 16 dan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtirib, treninglar davomida ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini yaratdi.

Notarial palata va “Madad” NNT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan huquqiy maslahat kunlari respublikaning butun hududida 4000 dan ortiq aholiga 200 ga yaqin notarius va yuristdan bepul maslahat olish imkoniyatini taqdim etdildi.

SODI (Germaniya) bilan hamkorlikda Toshkentdagi “Umidvorlik” markazi tomonidan yoshlar ijtimoiy markazida ijtimoiy xodimlar, psixologlar, yuristlar, IT-trenerlar va biznes-maslahatchilar xizmatlari bepul taqdim etildi.

Axborot faoliyati

“Yuksalish” harakati tomonidan 2226 ta post va material, jumladan, 84 ta infografika va 104 ta videorolik tayyorlanib, ijtimoiy kanallar va sahifalarda joylashtirildi.

  • Harakatning rasmiy veb-saytiga 62 ta material joylandi;
  • 380 dan ortiq materiallar – bosma va elektron OAVda; 
    • 370 dan ortiq intervyular – Markaziy va mahalliy televidenie;
    • 5 ta mavzuda animasion rolik – Milliy telekanallarda.

         Umumiy qamrov miqdori 100 mlndan ortiqni tashkil etgan. Jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan birgina material – jamoatchilik fikri yetakchilari reytingi 50 dan ortiq internet-manbalarda e'lon qilinib, 1,5 milliondan ortiq ko‘rishga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Davlat boshqaruvidagi top-40ta ayol, “ТОP-Jamoatchilik fikri liderlari” ro’yxati e’lon qilindi.

2025-yilga rejalar

“Yuksalish” harakati kelgusi yilda ham o‘z faoliyatini jadallashtirib, yangi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 2024-yil 26-avgustda qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda har yili jamoat kengashlari faoliyati samaradorligi baholanadi. Ushbu tadqiqotlar natijalari “Yuksalish” harakatining rasmiy manbalarida e'lon qilinadi. Shuningdek, Parlament va mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan hamkorlikni kuchaytirilib, jamoatchilik nazorati, monitoring va tashabbuslarni rivojlantirish bilan bog‘liq samarador faoliyatini davom ettiriladi hamda  innovatsion ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirishga e’tibor kuchaytiriladi.