@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati Qashqadaryo hududiy bo‘linmasi uchun 2024-yil unumli va natijalarga boy bo‘ldi

 2024-12-31 06:29:35   |     Просмотров: 1079

Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 6-martdagi 115-4-0-Q/24-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Hududiy dasturning 41 ta bandi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, shuningdek, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 37 ta jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

Monitoringlarda aniqlangan 50 dan ortiq muammo va kamchiliklarning 42 tasi manfaatdor davlat idoralari bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

Ekspertlar ishtirokida 30 dan ortiq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mahalliy davlat boshqaruv organlariga 31 ta tahliliy ma'lumot taqdim etildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro etish holatini muhokama qilish maqsadida, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida 5 ta jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

5 ta yo‘nalish, 94 ta banddan iborat hududiy dastur ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar har chorak yakuni bilan tahlil qilingan holda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hududiy dastur ijrosi yuzasidan 3 ta tahliliy ma'lumotnoma taqdim etildi.

II. Jamoatchilik tashabbuslari.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish jarayonida aniqlangan muammoli masalalarni ijobiy hal etish maqsadida joylarda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan 30 dan ortiq tashabbus umumlashtirib, bevosita faol fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda 18 ta jamoatchilik loyihalari amalga oshirildi.

Natijada, aholi e'tirozlarini keltirib chiqargan kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 8 ta, yo‘l-transport infratuzilmasi yaxshilash sohasida 5 ta, ekologiya sohasida 3 ta hamda tibbiyot va ta'lim sohasida 2 ta muammoli masala bevosita jamoatchilik ishtirokida ijobiy hal etilishiga erishildi.

III. Ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar.

Aholi orasida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan korrupsiya, ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish, tadbirkorlik va jamoat transporti bo‘yicha ijtimoiy dolzarb mavzular yuzasidan 4 ta ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotlarda jami 1301 nafar respondent ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan 21 ta taklif ishlab chiqilib, mahalliy davlat organlariga 2 ta tahliliy axborot taqdim etildi.

IV. Ommaviy tadbirlar (aksiya).

Jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va tub islohotlar jarayonida keng jamoatchilik vakillari va fuqarolarnining bevosita ishtirokini ta'minlash, ularda jamiyat hayotiga daxldorlik va mas'uliyat hissi kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan 2 ta “Bepul huquqiy maslahalar” aksiyasi, shuningdek, 2 ta “Biz donormiz” qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi.

Hududiy bo‘linma tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda 500 dan ortiq yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy soha xodimlari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda faol fuqarolar qamrab olindi.

2024 yilda hududiy bo‘linma tomonidan viloyatda obro‘-e'tiborga ega, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan 1319 nafar faol fuqaro harakat a'zoligiga qabul qilindi.