@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Bahovuddin Naqshband” mahallasida elektr ta'minoti muammosi hal etildi

 2024-12-26 17:16:40   |     Просмотров: 1871

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni doirasida “Yuksalish” harakatining fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni jamoatchilik loyihalariga aylantirish bo‘yicha taklifi ma'qullangan edi.

Bu taklif asosida, 2024-yilda Harakat tomonidan jami 61 ta jamoatchilik loyihasi amalga oshirildi.

Xususan, “Yuksalish” harakatining Buxoro hududiy bo‘linmasi tomonidan Kogon shahrida kommunal xizmat ko‘rsatish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan aholi murojaatlari o‘rganilib, muammoli holatlar borligi aniqlandi.

Rabotiyon qishlog‘i «B. Naqshband» mahallasi fuqarolari elektr energiyasi tanqisligidan shikoyat qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, hozirda ishlamayotgan paxta tozalash zavodi hududiga o‘rnatilgan transformator yopiq bo‘lib, elektr energiyasini uzatishda nosozliklarni keltirib chiqargan. 

O‘rganishlar davomida «B. Naqshband» mahallasining elektr ta'minoti «Bo‘ston» punktidagi 334-transformator orqali amalga oshirilishi aniqlandi. 

Hozirda 334-transformator joylashgan hudud paxta tozalash zavodining xususiy mulkiga aylantirildi. Mazkur transformator quvvatini oshirish ishlari may oyi davomida nihoyasiga yetkazildi.