@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Jamoatchilik loyihalari orqali muammolar hal etilmoqda

 2024-12-25 15:49:57   |     Просмотров: 1847

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida “Yuksalish” harakatining fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni jamoatchilik loyihalariga aylantirish bo‘yicha taklifi ma'qullangan edi. Bu taklif asosida 2024 yilda Harakat tomonidan jami 61 ta jamoatchilik loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyihalar doirasida ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator dolzarb masalalarni hal qilish orqali aholining kundalik hayotini yaxshilashga hissa qo‘shildi. Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Shirsholi” mahallasida hal etilgan muammo buning yorqin misollaridan biridir.  

Ushbu mahalladagi aholi, ayniqsa, bolalar, 4R-163-avtomobil yo‘lidan o‘tishda katta xavf ostida qolgan, yo‘l-transport hodisalari soni ko‘paygan edi.

2024-yilning iyul oyida “Yuksalish” harakatining Xorazm viloyati bo‘linmasi mahalliy aholi tashabbusini inobatga olgan holda, yo‘l xavfsizligini ta'minlash maqsadida svetofor o‘rnatish taklifini jamoatchilik loyihasi sifatida ilgari surdi.

Hududiy bo‘linmaning sa'y-harakatlari natijasida 4R-163-avtomobil yo‘lining 15-kilometrida yangi svetofor o‘rnatildi, yo‘l belgilari va maxsus yo‘l chiziqlari chizildi. Bu orqali aholi, ayniqsa, bolalar yo‘lda xavfsiz harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.