@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Myusha Sever fuqarolik jamiyati o‘z rolini qanday kuchaytirishi mumkinligi haqida gapirdi

 2024-10-29 16:00:56   |     Просмотров: 2188

24-oktyabr kuni Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachilardan biri “Mintaqaviy muloqot”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Myusha Sever. Mutaxassis tadbir va unda ko‘tarilgan mavzu haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fuqarolik jamiyati xaqida

– Bu O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan turli ishtirokchilar, tahlilchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini birlashtirgan ajoyib tadbirdir. “Yuksalish” harakati raisi butun O‘zbekiston bo‘ylab salohiyatni oshirish sohasi vakillarini taklif etish va birlashtirishda juda muhim rol o‘ynaganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu fuqarolik jamiyati o‘z rolini kuchaytira olishi va yo‘nalishni rivojlantirishga hissa qo‘shishi, so‘ngra davlat organlari bilan hamkorlikda yangilangan Konstitutsiyada belgilangan o‘zgarishlarga olib keladigan siyosatni ishlab chiqa olishini ko‘rsatdi, men buni hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan eng zamonaviy va demokratik konstitutsiyalardan biri deb bilaman. 

Navbatdagi vazifa, albatta, ushbu Konstitutsiyani kundalik hayotning barcha jabhalariga tatbiq etishni boshlashdir. Buning uchun hokimiyatning har uch bo‘g‘ini bilan nafaqat Prezident ma’muriyati, balki parlament va sud hokimiyati tarmoqlari bilan ham doimiy va yaqin hamkorlik qilish zarur. Chunki bu juda muhim o‘zgarishlar bo‘lib, odamlar ularni kundalik hayotlarida amalga oshirilishidan juda manfaatdor. 

O‘zgarishlar haqida

–   22 yil davomida shu yerdaman, shuning uchun men guvoh bo‘layotgan o‘zgarishlar haqiqatan ham hayratlanarli. Xorijiy nashriyotlar mendan qanday qilib tez va tinch o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkinligi, birgalikda yaxshi va yomon kunlarni boshdan kechirish qanday bo‘lishi haqida yozishimni so‘rashdi. Hukumat va fuqarolar yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham bir yoqadan bosh chiqarib ishlasalar, ularda yangi fazilatlar rivojlanishi mumkin. 20 yil oldin kelganimda odamlardan “10-15 yildan keyin O‘zbekistonni qanday ko‘rgasiz?”, deb so‘ragandim. Xuddi shu savolni men o‘zim uchrashgan hukumat vakillariga ham berganman. Va fikrimcha, O‘zbekiston odamlarning ham, hhukumatning ham kutganidan-da ortiqroq yutuqlarga erisha oldi. Bu hali ish qolmadi, degani emas. Endi yangi Konstitutsiyani amalga oshirmoq kerak.     

Tavsiyalar haqida

– Bu boradagi shuni tavsiya qilgan bo‘lardimki, parlament o‘ta muhim bo‘lgan qonunosti hujjatlarini qabul qilishdan oldin  nodavlat notijorat tashkilotlari, ekspertlar bilan uchrashib, jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishi kerak, chunki bu yangi Konstitutsiya 20 yildan beri odamlar gapirib kelayotgan barcha muhim sohalarga tegishli. Bu juda muhim.

Shuningdek, har bir fuqaro uchun eng muhim bo‘lgan sohalar – ta’lim olish, bolalar, farzand tug‘ilishi kabi sohalarda korrupsiya xavfini baholash bo‘yicha amalga oshirilgan ulkan ishlarni alohida ta’kidlamoqchiman. Bular “Yuksalish” bilan hamkorlikka kiritilgan juda muhim sohalardir. Bular xalqaro miqyosda ahamiyat kasb etgan va e’tirof etilgan muhim yutuqlar bo‘lib, xuddi shunday yechimlarni izlayotgan boshqa mamlakatlarga uchun namuna sifatida taklif etiladi. Shunday ekan, bizda bunday muhokamalar, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgani juda yaxshi. Umid qilamanki, yangi parlament bilan bunday tadbirlar ko‘proq bo‘ladi.