Oʼzbekistonning fuqarolik jamiyati korruptsiyaga qarshi dasturlar monitoringida ishtirok etmoqda
“Yuksalish” harakati tomonidan taqdim etilgan fuqarolik jamiyati ilk bor Istambul korruptsiyaga qarshi kurash xarakatlar rejasida ishtrok etdi (IHR).
Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan (IHTT) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Hududiy korruptsiyaga qarshi kurashish tarmogʼi (IHTT tarmogʼi) doirasida tashkil qilindi.
Tadbirda IHTT Tarmogʼining Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Oʼzbekiston, Moʼgʼuliston va Tojikistondagi monitoringining beshinchi raundi yillik hisobotlari muuhokama qilindi. Mazkur mamlakatlarning nohukumat tashkilotlari ham korruptsiyaga qarshi kun tartibini shakllantirish hamda erishilgan muvaffaqiyatni baholashda ishtirok etdi.
Ikki tomonlama maslahatlardan keyin tayyorlangan Oʼzbekiston boʼyicha hisobot IHTT Tarmogʼining 18 sentyabrь kuni boʼlib oʼtgan yigʼilishida koʼrib chiqildi va tasdiqlandi. Hujjatda mamlakatning korruptsiyaga qarshi siyosati toʼqqizta asosiy yoʼnalish, jumladan, manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish, davlat xaridlari va biznesdagi shaffoflik yoʼnalishlarida tahlil qilingan. Hisobotda muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda muammolar ham aks ettirilgan.
Oʼzbekistonning korruptsiyaga qarshi siyosati umumiy 100 balldan 70 ball toʼplab, yuqori baho oldi. Biznes va davlat xaridlari boʼyicha shaffoflik oʼrtacha darajada. Аmmo, korruptsion jinoyatlar uchun javobgarlik, manfaatlar toʼqnashuvi va xabar beruvchilar himoyasi kabi sohalarda baho 25 balldan ham past koʼrsatkichni koʼrsatdi. Yutuqlar qatorida Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha 2023-2024 yillarga moʼljallangan davlat dasturi, 2030 yilgacha korruptsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqilganligi, shuningdek, korruptsiyaga qarshi tashabbuslarda fuqarolik jamiyatining rolini oshirish kabilarni aytish oʼtishimiz mumkin.
“Yuksalish” harakati vakili Korruptsiyaga qarshi tarmoq yigʼilishida mamlakatlarning bu yoʼnalishdagi rivojiga xolis baho berish va nodavlat sektorining milliy hisobotlarda ishtirokining muhimligini taʼkidlab oʼtdi.
Taqdimotlar va ikki tomonlama maslahatlardan keyin boʼlib oʼtgan 29-yalpi majlisda IHTT Tarmogʼi rahbariyati 2025 yil uchun mamlakatlarning hududiy korruptsiyaga qarshi prognozlari, muvaffaqiyatli amaliyotlari va ish rejalarini oʼrgandi. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi Oʼzbekiston uchun ham IHTTning Korruptsiyaga qarshi tarmogʼi monitoringida ishtirok etish nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki bu mintaqa va undan tashqarida tajriba va bilim almashishga yordam beradi.
Maʼlumot: Istambul Korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha harakatlar rejasi (IHR) – bu tarkibida 24 mamlakat, jumladan, Аrmaniston, gruziya, Qirgʼiziston, Oʼzbekiston, Tojikiston, Moldova, Ukraina va Moʼgʼuliston ishtirok etayotgan IHTT Tarmogʼining ekspert baholash dasturidir. 2023 yilda ishga tushirilgan vaqtdan boshlab IHTT Tarmogʼi ishtirokchi mamlakatlarning korruptsiyaga qarshi islohotlariga ekspert baholash, axborot va eng yaxshi amaliyotlar almashinuvi orqali koʼmak berib kelmoqda.
“Yuksalish” harakati matbuot xizmati