@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

«Biz — donormiz!» aksiyasi ishtirokchilari 60 litrdan ko‘proq qon yig‘ishga yordam berdi

 2024-09-09 18:07:32   |     Просмотров: 2214

Va bu natija faqat birinchi kunning o'zida amalga oshdi. «Yuksalish» harakati tomonidan Respublika qon quyish markazi ko‘magida tashkil etilgan «Biz – donormiz!» aksiyasi 13-sentabrga qadar davom etadi.

Birinchi kun natijasi – 64,3 litr qon. Uni Toshkent, Xorazm va Navoiy viloyatlari aholisi yordamida yig‘ildi. Jami 20 ta tashkilotdan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

– «Biz — donormiz!» aksiyasi iyun oyidagi tashabbusning davomidir, bu tashabbusni ham «Yuksalish» harakati va Respublika qon quyish markazi qo‘llab-quvvatlagan edi, – dedi «Yuksalish» harakati raisi Bobur Bekmurodov.
– Bu safar ko‘lam yanada kengaygan – barcha hududlar xayriya tadbirida ishtirok etmoqda. Bu boshqalarga yordam berishni va hayot saqlab qolishni istaganlar uchun katta qadam! Donor qoni faqat bir yilda bir marta kerak, deb o‘ylash noto‘g‘ri, uning ehtiyoji har doim dolzarb, ayniqsa, favqulodda qon quyish kerak bo‘lganlar uchun. Qon zaxiralari har doim zarur. Va biz ushbu aksiya yordamga muhtoj odamlar uchun qo‘l kelishini xohlaymiz.

Ushbu aksiya jamiyatda donorlik madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi va muntazam donorlar sonining ko‘payishiga xizmat qilishi mumkin.
JSST ma'lumotlariga ko'ra, aholining qon tarkibiy qismlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun donorlik soni 1000 aholiga kamida 10 ta yoki umumiy aholining 1% ni tashkil qilishi kerak. Respublika qon quyish markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2023-yilda bu ko‘rsatkich har 1000 nafar aholiga 7,8 donorlik to‘g‘ri kelgan. Bu 0,78 foizni tashkil etadi. Raqamlar mamlakatda xayriya darajasi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Har bir ishtirokchiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va eslatib o‘tamiz, xayriya aksiyasi 13-sentabrga qadar davom etadi.

Hududlardagi manzillar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://yumh.uz/uz/news_detail/707