@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” umummilliy harakati hududiy OAV vakillari uchun treninglar tashkil qiladi

 2019-06-20 17:40:00   |     Просмотров: 3391

“Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatga OAVlar vakillari bilan faol hamkorlik orqali axborot berish hisoblanadi.


Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni boshladi.
Loyihaning maqsadi — yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ob’ektiv yoritilishini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi mahalliy OAV vakillarining professional etika va tahliliy jurnalistika bo‘yicha salohiyatlarini yanada oshirish.
Joriy yilning iyul—avgust oylari davomida loyiha doirasida respublikaning 5 ta hududida jurnalist va blogerlar uchun treninglar tashkil etiladi. Unda qo‘shni viloyatlarda faoliyat yurituvchi media vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. 


Treninglarni o‘tkazish grafigi:
1.    Samarqand shahri — 3-5 iyul
(Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari ishtirokchilari uchun)
2.    Qarshi shahri — 5-7 iyul
(Qashqadaryo, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari ishtirokchilari uchun)
3.    Andijon shahri — 22-24 iyul
(Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari ishtirokchilari uchun)
4.    Urganch shahri — 1-3 avgust
(Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ishtirokchilari uchun)
5.    Toshkent shahri — 22-24 avgust
(Toshkent shahri, viloyati va Sirdaryo viloyati ishtirokchilari uchun)

Treningda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:  https://docs.google.com/forms/d/1LuQ1ZDCR6OUeNsPeMrRaMIohGladK9JWICrI2VdUzh8/viewform?edit_requested=true&pli=1

Trening bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99871-239-33-23 — “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati