@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" harakati davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholab boradi

 2024-08-26 19:04:03   |     Просмотров: 2100

Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.

Farmon bilan mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida fuqarolik jamiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oltita yo‘nalishi belgilab berildi.

Prezident davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari uchun munosib loyihalarni tanlab olish sifatini va shaffofligini oshirish maqsadida sohadagi instituttsional o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Xususan, Parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilligi ta’minlanadi, byurokratiyaga chek qo‘yiladi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda – jamoatchilik kengashlari) raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi;

  • har yili jamoatchilik kengashlarining faoliyati samaradorligi baholanadi va uning natijalari e’lon qilinadi;
  • jamoatchilik kengashlarining faol a’zolari davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi.

"Yuksalish" harakatiga har yili jamoatchilik kengashlari faoliyat samaradorligini baholash va uning natijalarini o‘z rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borish tavsiya etilsin.

Davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

  • ikki oy muddatda o‘zlarining huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hamda mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan talablar asosida qayta tashkil etadi;
  • "Yuksalish" harakatiga uning so‘roviga asosan jamoatchilik kengashlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim etib borilishini ta’minlanadi.