@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

 2024-08-22 17:46:35   |     Просмотров: 1413

Joriy yilning 21-avgust kuni yoshlar uchun trening bo‘lib o‘tdi. Trener Muxayo Usmonova o‘z tajribasi asosida marketpleyslarda ishlashning o‘ziga xos jihatlari va o'z ishini boshlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim nuqtalar haqida so‘zlab berdi.

Tadbir ishtirokchilari raqamli segmentdagi bozorni tahlil qilish va onlayn savdoning asosiy tamoyillari bilan tanishishdi.

Mazkur trening yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlarning davomi bo‘ldi. Ustozlar ko'magida avvalgi  tinglovchilar  marketing va SMM sohasida o'zlarini topdilar, shaxsiy bloglar yozishni boshladilar, biznes loyihalarni ishlab chiqib rivojlantirmoqdalar. Bu yutuqlar bu kabi tashabbuslarning ahamiyatli va muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Trening «“Ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiyin vaziyatda qolgan va nogironligi boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy inklyuziyasi” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Tashkilotchilar – «Yuksalish» harakati, Germaniyaning Solidaritätsdienst International e.V. (SODI), Toshkent shahar «Umidvorlik» nogiron bolalarga yordam berish markazi hamda   Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ).