Tender e'lon qilish
“Yuksalish” harakati "Favqulodda vaziyatlarda jamoatchilik ishtirokiga e'tibor qaratgan holda jamoat ishtiroki uchun minimal sifat standartlarini moslashtirish" loyihasi doirasida videorolik yaratish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Yakuniy versiyada material favqulodda vaziyatlarda choralar ko'rishni nazarda tutuvchi video qo'llanma shaklida bo'lishi lozim. Oddiy va tushunarli grafik elementlardan foydalanishga, shuningdek, asosiy fikrlarni vizuallashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Videorolik tomoshabinlar uchun tushunarli bo'lishi, mavzuning ahamiyatini yetkazib berish uchun yaxlit ko’rinishda tayyorlanishi lozim.
Kerakli video materiallar soni: 1 dona.
Video quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
1. Vaqti – 15 daqiqa.
2. Uni yaratishda zarur texnik mutaxassislar, muharrirlar, ovozli artistlar, ssenariy mualliflari va boshqalarni jalb qilgan holda individual yondashuv muhim ahamiyatga ega.
3. Individual ssenariy ishlab chiqish zarur hisoblanadi.
4. Tayyorlangan videolavha efirga uzatish uchun moslashtirilgan bo’lishi kerak:
- telekanallar;
- LED ekranlar;
- ijtimoiy tarmoqlarda.
Tijoriy takliflarini taqdim etishning muddati: 2024-yil 24-avgust.
Tenderda ishtirok etish istagingiz bo’lsa, quyidagi elektron manzilga ariza yuborishingiz so’raladi: info@yumh.uz