@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Toshkentda ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun trening o‘tkaziladi

 2024-08-13 11:12:21   |     Просмотров: 1747

Trening 2024-yil 23-24-avgust kunlari EU Tabassum (Smile): “O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media ko‘nikmalari” mavzusida  trening bo‘lib o‘tadi.

Tadbir DW Akademiya tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Treningning asosiy maqsadlari:

– samarali targ‘ibot uchun media strategiyalarini ishlab chiqish;
– ommaviy axborot vositalari va bloggerlar bilan muloqot qilish malakalarini oshirish;
– ayollar huquqlarini himoya qilish va targ'ib qilish uchun sifatli kontent yaratish.

Treningda ishtirok etayotgan NNTlar keyinchalik murabbiylik dasturi va muloqot strategiyasini ishlab chiqish uchun mini-grantlar taqdim etish tanlovida ishtirok etadilar.

Ushbu trening ayollar huquqlarini himoya qilish, oilaviy zo'ravonlikka qarshi kurashish va gender tengligiga intilish masalalarida faol ish olib borayotganlar uchun qiziqarli bo'ladi. Bu, shuningdek, muhim tashabbusning bir qismi bo'lish va ommaviy axborot vositalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish bo'yicha kasbiy mahoratingizni oshirish imkoniyatidir.

O'tkazilish joyi: Toshkent, Ateca mehmonxonasi.

Roʻyxatdan oʻtish havolasi.