@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2019-06-19 17:34:00   |     Просмотров: 4528

18-iyun kuni “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, bunda ikki davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Akmal Burxanov “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, O‘zbekistonda islohotlarning borishi, qabul qilinayotgan qarorlarni fuqarolarga yetkazish, NNTlarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda jamoatchilik nazorati tadbirlari kabi yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar natijalari haqida so‘z yuritildi.

O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr kuni Parlamentga taqdim etgan murojaatnomasida milliy qadriyatlar va g‘oyalar masalasiga alohida e’tibor qaratganini ta’kidladi. Bu borada Xitoy boy tajribaga ega ekanligi, xususan mamlakatni rivojlantirish milliy rejasi ishlab chiqilganini aytib o‘tdi.

Szyan Yan xonimning fikricha, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda milliy g‘oyani targ‘ib qilish, aholi birligini yanada oshirish uchun o‘zaro tajriba almashish muhim. Bu nafaqat fuqarolarni yagona maqsad sari harakatlanish, balki milliy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi.