@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Loyiha doirasida tanlov e'lon qilinadi

 2024-03-26 16:49:20   |     Просмотров: 3185

“Yuksalish” harakati va “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozog‘iston) tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “Imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha maqsadi – xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha ko‘rinishlarida, ayniqsa, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati, xotin-qizlar tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish hamda O‘zbekistonda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish orqali qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishni ta'minlash. 

Loyiha doirasida qarorlar qabul qilish va konstruktiv muloqotda ishtirok etish orqali xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha ko‘rinishlariga, ayniqsa zo‘ravonlikka qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlarining gender tengligi sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda qaratilgan tanlov e'lon qilinadi. 

Tanlovda O‘zbekistonning 5 ta pilot hududi (Farg‘ona, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari)dagi NNTlar ishtirok etishi mumkin.

Byudjeti: tanlovga taqdim etiladigan loyiha miqdori 5 000 yevrodan oshmasligi kerak.

Loyihalar quyidagi tadbirlarni o'z ichiga olishi mumkin, lekin bular bilan cheklanmasligi ham mumkin:

    • Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashish bo'yicha ommaviy kampaniya (targ'ibot) o'tkazish;
    • Nogironligi bo'lgan ayollarning ijtimoiy va iqtisodiyhuquqlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
    • Mahalliy hokimlik organlarida (mahallalarda) gender tengligi sohasida mutaxassislar salohiyatini oshirish;
    • Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga psixologik va huquqiy yordam ko'rsatish;
    • Gender muammolaridan xabardorlikni oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning innovatsion yondashuvlari;
    • Repatriant ayollarning reintegratsiyasiga ko'maklashish;
    • Gender tengligini ta'minlash masalalari bo'yicha davlat organlari bilan samarali va o'zaro hamkorlik ko'nikmalarini o'rgatish;
    • Gender tahlili va qonunchilik bazasini ekspertizadan o'tkazish;
    • Boshqalar

Tanlov ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar:

  1. Arizalar 5 ta pilot hududdagi NNTlardan, jumladan, “Imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi tadbirlari ishtirokchilari va NNTlar Web Akademiyasining (www.studyorg.uz) onlayn kurslarida tahsil oluvchilardan qabul qilinadi.
  2. Bitta NNTdan faqat bitta ariza qabul qilinadi;
  3. Loyiha 9 oygacha davom etishi kerak;
  4. Gender tengligi, xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga va ayniqsa zo'ravonlikka qarshi kurashish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega bo'lishi;
  5. NNTlar hech qanday siyosiy kuchlar (partiyalar, harakatlar, yetakchilar va boshqalar) bilan aloqador bo‘lmasligi kerak.

Ariza beruvchilar taqdim etishlari kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati:

  1. To‘ldirilgan ariza (belgilangan shaklga muvofiq);
  2. Yuridik shaxsni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (notarial tasdiqlanmagan holda);
  3. Yuridik shaxs Nizomining nusxasi (notarial tasdiqlanmagan holda);
  4. Tugallangan byudjetning elektron versiyasi (taklif etilgan formatga muvofiq Excel formatida);
  5. Tashkilot xodimlarining NNT Web Akademiyasi (www.studyorg.uz) kurslarini (loyihalarni boshqarish, moliyaviy hisobot va h.k.) muvaffaqiyatli tamomlaganlik sertifikatlari.

Taklif etilgan loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida oxirgi qaror qabul qilingan taqdirda final ishtirokchilaridan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1. Mahalliy soliq xizmatidan qarzdorlik yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma;

2. Hisob qaydnomasi mavjudligini tasdiqlovchi bank sertifikati.

Quyidagi faoliyat turlarini o'z ichiga olgan arizalar ko'rib chiqilmaydi:

  1. Muayyan siyosiy kuchlarni (partiyalar, harakatlar, yetakchilar va boshqalar) qo‘llab-quvvatlash yoki ular nomidan faoliyat yuritish;
  2. Diniy faoliyat;
  3. Faqat gumanitar xarakterdagi faoliyat;
  4. Nazariy va ilmiy tadqiqotlar;
  5. Kapital qurilish loyihalari (infratuzilma loyihalari).
  6. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa buzg‘unchi harakatlar;

Arizalarni baholash mezonlari:

Barcha arizalar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishidan oldin tanlov shartlariga muvofiqligi bo‘yicha dastlabki ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Arizalar quyidagi ball tizimi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi:

№

BAHOLASH MEZONI

Ball

  1.  

Maqsadli guruhning muammolari va ehtiyojlarini, loyihaning maqsad va vazifalarini aniq taqdim etish

20

  1.  

Loyihaning faoliyati aniq natijalarga erishishga qaratilgan va tanlovning ustuvor yo'nalishlariga mos keladi

20

  1.  

Loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlarning ishtiroki

10

  1.  

Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha oldingi tajriba

10

  1.  

Loyiha byudjeti loyiha faoliyatiga, xarajatlar bozor narxlariga mos keladi

15

  1.  

Jadval loyihaning maqsadlari va byudjetiga mos keladi

15

  1.  

Loyiha natijalarining barqarorligini ta'minlash

10

ARIZA SHAKLI
BYUDJET SHAKLI

Hujjatlar 2024-yil 21-aprel, soat 18.00 (Toshkent vaqti) dan kechiktirmay azizbaratov@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.
• Tanlovga oid savollar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: +998 97 732 58 51
• www.studyorg.uz (http://www.studyorg.uz/) da ro’yhatdan o’tish uchun murojaat qiling: +99890 957 99 59