@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan Samarqand va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladigan jamoatchilik monitoringi tadbirlari haqida

 2019-06-14 15:33:00   |     Просмотров: 4118

Joriy yilning 27 — 29-iyun kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati va qator jamoat tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh Samarqand va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Hududlarda fuqarolar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, davlat va jamiyat qurilishi sohalarida yuz berayotgan islohotlardan ularni xabardor qilishga qaratilgan davra suhbatlari, shuningdek qabul qilingan davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi tadbirlari o‘tkaziladi.


Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori bilan tadiqlangan 2019-yil uchun Investitsiya dasturining joylardagi ijrosi o‘rganiladi. Bunda loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlanganligi, loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli manbalarlardan mablag‘lar ajratilganligi, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, mutasaddi va mas’ul bo‘lgan davlat idoralarining harakatlari, amalga oshirilgan ishlarning muddatlari, miqdori hamda sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, mazkur tadbirlar doirasida Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan bandlarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 
Xususan:


22-band.Hududlarni obodonlashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning borishini o‘rganish;

52-band.Qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalarni o‘rganish;

61-band. Iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, xususan qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinishi bilan iste’mol tovarlarining narxi o‘sishining oldini olish choralarini ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining ishlab chiqilganligi va uning bajarilishi natijasida erishilgan natijalarni o‘rganish;

96-band. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni ta’minlash yuzasidan investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning samarasi, sifati va muddatlariga rioya etilishini o‘rganish;

99-band.Chorvachilik va parrandachilik ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi, uning samaradorligi, muddatlarga rioya etilishi, dasturning o‘z vaqtida bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablar, mutasaddi va mas’ul davlat idoralarining harakatlarini o‘rganish;

106-band. Xalqaro va davlat ahamiyatidagi hamda mahalliy yo‘llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy choralarning ko‘rilishi, pudrat shartnomalarining tuzilganligi, manzilli ro‘yxatlarning tuzilganligi, muddatlarga rioya etilishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

142-band.Mehnat guzarlari va kovorking markazlarida fuqarolarni tadbirkorlik loyihalarini tayyorlash bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va muddatlarga rioya etilishini o‘rganish;

147-band. Tibbiyot muassasalarida qurilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, loyiha smeta hujjatlarning tayyorlanganligi, mablag‘lar ajratilishi va moliyalashitirilishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

167-band. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar, erishilgan natijalarni o‘rganish;

172-band. Respublika hududlaridagi aholi punktlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, ularning amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlanganligi, mablag‘lar ajratilganligi, muddatlariga rioya etilishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

178-band. Shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining ichki yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqilganligi, mablag‘larning ajratilishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

182-band. Sanitariya-tozalash xizmatlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlanishi, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

202-band. Maktabgacha ta’limning qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlanganligi, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi, ishlarning sifati va ko‘lamini o‘rganish;

233-band. Yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish yuzasidan dasturning ishlab chiqilganligi, Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan mexanizm bo‘yicha amalga oshirilishini o‘rganish;
Davlat dasturining boshqa bandlari ijrosi belgilab qo‘yilgan mexanizm bo‘yicha amalga oshirilishi o‘rganiladi.


Davlat dasturlarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq  davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar yuborish, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizalarini o‘tkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish kabi harakatlar bilan amalga oshiriladi.

Лойиҳа Конрад Адерауэр жамғармасининг Марказий Осиё бўйича ваколатхонаси билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.


“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati