@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringi to‘g‘risida

 2023-05-23 21:38:00   |     Просмотров: 1668

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi “2022—2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy viloyatida 2022 yilda 2 418 ta xonadonli 78 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan.

Amalda, viloyatda o‘tgan yil davomida jami 5 636 ta xonadonli 90 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, (rejaga nisbatan 233,1 foiz) foydalanishga topshirilgan. Shundan, Navoiy shahrida 38 ta 3432 xonadonli, Zarafshon shahrida 23 ta 1349 xonadonli, Karmana tumanida 12 (-8) ta 346 xonadonli, Qiziltepa tumanida 13 ta 298 xonadonli, Nurota tumanida 1 (-1) ta 40 xonadonli, Uchquduq tumanida 2 (-3) ta 136 xonadonli, Xatirchi tumanida 1 (-1) ta 35 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgan.

O‘rganish davomida Navoiy shahri hududida 2 ta o‘p qavatli uy-joylar atrofida bajarilgan beton yo‘laklar yuzasida yoriqlar hamda ayrim qismlarida buzilishlar hamda fasad qismlarida tashqi ta’sir natijasida sifatsiz ishlar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, Zarafshon shahridagi 4 ta ko‘p qavatli uy-joylar atrofida obodonlashtirish ishlar yetarli darajada bajarilmaganligi va montaj qilingan tabiiy gaz quvurlari to‘liq bo‘yalmaganligi holati aniqlandi.

Mazkur Davlat dasturi doirasida 2022-yilda jami 4 ta tibbiyot muassasalari yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. Xususan, ushbu ko‘rsatkich Navoiy shahrida 2 ta, Nurota tumanida 1 ta va Tomdi tumanida 1 tani tashkil etadi.

2022-yilda Investitsiya dasturiga asosan jami 15 ta umumta’lim maktablarida qurilish – ta’mirlash ishlarini olib borish. Bunda 1 ta yangi qurilish, 11 ta rekonstruksiya va 3 ta mukammal ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 2022-yilda 1998 o‘quvchi o‘rnini yaratish. Navbahor tumanida 150 o‘ringa mo‘ljallangan Barkamol avlod markazini qurish, 11 ta maktablarni rekonstruksiya qilish belgilangan.

Xatirchi tumanidagi 64-maktab, Xatirchi tumanidagi 71-maktab, Xatirchi tumanidagi 22-maktab, Nurota tumanidagi 6-sonli maktab, Qiziltepa tumanidagi 13-sonli maktab, Konimex tumanidagi 39-maktab, Konimex tumanidagi 17-maktab, Konimex tumanidagi 21-maktab, Konimex tumanidagi 37-maktab, Qiziltepa tumanidagi 39-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Zarafshon shahridagi 5-maktabni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 19 ta maktablarda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan, reja 126 foizga bajarilgan.

Bundan tashqari, Xatirchi tumani “Maydon” MFYdagi 784 o‘quv o‘rinli 52-maktab, Qiziltepa tumani 12-maktab va Navbahor tumani “Keskanterak” MFYdagi 3-sonli maktablarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Dasturga muvofiq 13 ta davlat xususiy sherikchilik asosida MTM qurish rejalashtirilgan bo‘lsada amalda 11 ta DXSH asosidagi MTMlar qurilib reja 85 foizga bajarilgan.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan 2022-yilda qurilish ishlari yakunlangan 90 ta ko‘p qavatli turar-joy binolaridan foydalanish uchun tadbirkorlarning elektron arizalariga asosan QR-kod bilan tasdiqlangan elektron shakldagi ruxsatnomalar taqdim etilgan.

Hududiy dasturlar doirasida qurilish ishlari yakunlangan tibbiyot muassasalari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun QR-kod bilan tasdiqlangan elektron shakldagi ruxsatnomalar taqdim etish talab etilmaydi.

Bugungi kunda, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish ishlari o‘z muddatlarida amalga oshirilib, borilmoqda hamda bu borada davlat xizmatlari ko‘rsatishda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida muammolar mavjud emas.

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan viloyatda yangidan qurilgan jami 90 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 4 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta umumta’lim maktabi foydalanishga topshirilib, ularning texnik pasportlarini shakllantirish va belgilangan tartibda pasportbino.uz platformasiga kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan. Shundan, bugungi kunga qadar ushbu yangidlan qurilgan obyektlardan 90 ta qavatli uy-joylar, 4 ta tibbiyot muassasalari, 1 ta umumta’lim maktabining barchasi texnik pasporti shakillantirilib, pasportbino.uz platformasi elektron tizimiga kiritilgan.

Monitoring natijalariga ko‘ra quyidagilar taklif etiladi:

1) Qurilish, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi belgilagan ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarda muntazam ravishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

2) Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda mahalliy aholining fikrini inobatga olish, lozim bo‘lsa mahalliy Kengashlar muhokamasiga qo‘yish.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati