@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Aholining ehtiyojmand qatlamlari turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda mahallalar va mahalliy hokimliklarni safarbar qilish boʻyicha amaliy qoʻllanma tayyorlandi

 2023-05-01 20:38:50   |     Просмотров: 1801

Mazkur qoʻllanma “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirishga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilgan “Oʻzbekistonning chekka qishloq hududlarida pandemiya sharoitida qarorlar qabul qilishda aholining ehtiyojmand qatlami ishtirokini kengaytirish” loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarning asosiy maqsadi — mahalliy hokimliklar va tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda qishloq aholisining ehtiyojlarini baholash va manzilli ijtimoiy-iqtisodiy yordam koʻrsatish, mahalliy kichik infratuzilmani yaxshilash boʻyicha inklyuziv yondashuvlarni amalga oshirishdan iborat. Shuningdek, kam daromadli oilalar, koʻp bolali boquvchisini yoʻqotgan yolgʻiz ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, 65 yoshdan oshgan yolgʻiz keksalarga bir martalik moddiy koʻmak berish, qarorlar qabul qilish jarayonida mahalliy hokimlik organlari va fuqarolar oʻrtasida muloqot maydonlarini yaratish.

Loyiha doirasidagi harakatlar va chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantirish va manzilli yordam koʻrsatishda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahallalar) qoshidagi aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha masʼul xodimlar hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishga, qarorlar qabul qilish jarayonlarida aholining ehtiyojmand qatlamlarini yanada keng jalb etishga qaratilgan. Bu ishlar 2020—2022-yillar mobaynida respublikamizning uchta hududi – Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi jami 12 ta mahallada olib borildi.

Loyiha bir martalik moliyaviy va texnik yordam koʻrsatish orqali COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish hamda 12 ta mahalla fuqarolar yigʻinining epidemiologik inqirozlarga chidamliligini oshirishga ham qaratilgan edi. Loyiha jamoasi tomonidan СOVID-19 inqirozi oqibatlarini yumshatish jarayoniga aholining zaif qatlamlarini jalb qilish modeli (mexanizmi) tajriba-sinov natijalari boʻyicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Ushbu qoʻllanmaning maqsadi – manfaatdor tomonlar (steykxolderlar), xorijiy yoki mahalliy donorlar, mahalliy hokimliklar, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish institutlari aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan shunga oʻxshash loyihalarni amalga oshirishda mahallalar va mahalliy hokimlik organlarini safarbar qilishning taklif etilayotgan mexanizmini qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlishlaridir. 

Loyihada qoʻllanilayotgan mexanizmning samaradorligi Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish boʻyicha boshqa loyihalarni amalga oshirishda izchil qoʻllash uchun sharoit yaratadi. 

Ushbu qoʻllanma kelgusida mamlakatda amalga oshiriladigan shu kabi loyihalarni moliyalashtirishda boshqa xalqaro yoki mahalliy donorlarga nisbatan yondashuvni qoʻllashni kengaytiradi.

Shuningdek, qoʻllanmada loyihani amalga oshirish bosqichlari, xalq bilan muloqot qilish uchun mavjud elektron platformalar, loyiha komponentlari, taklif va tavsiyalar ham oʻrin olgan. 

Umuman, qoʻllanma kelgusida aholi ehtiyojlarini baholashda inklyuziv yondashuvlarni joriy etishga, mahalliy hamjamiyatlar salohiyatini oshirishga, jamiyatda demokratik qadriyatlarning taraqqiyoti va mustahkamlanishiga koʻmaklashadi.

Qo'llanmani yuklab olish 

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati