Grafik dizaynermisiz? Ish bor
2023-04-14 10:32:44 |
Просмотров: 2908
“Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati bosh mutaxassisi (grafik dizayner) lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.
Talablar:
- oliy yoki oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumoti;
- grafik dizayn sohasida kamida 2 yillik tajriba (Adobe Photoshop, Illustrator, Corel Draw, After Effects, Indesign yoki Premiere Pro dasturlarida erkin ishlay olish);
- belgilangan muddatga amal qilish, ishga ijobiy yondashish, kreativlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, stresslarga bardoshlilik;
- kompozitsiya asoslarini bilish, ranglar bilan ishlay olish, bosma nashr talablarini bilish, animatsiyadan xabardorlik;
- toʻliq bandlik (09:00—18:00), besh ish kuni.
Vazifalar:
- texnik topshiriq boʻyicha grafik mahsulotlarning original maketlarini yaratish;
- texnik topshiriq va ssenariy boʻyicha animatsion videoroliklarni yaratish;
- veb-sayt sahifalarini, bosma mahsulotlarning maketlarini (tashrif qogʻozlari, flayerlar, bukletlar va boshqalar) ishlab chiqish (sahifalash);
- matbaa ishlab chiqarishning texnologik talablariga muvofiq original maketlarni chop etishdan oldin tayyorlashni amalga oshirish;
- tashkilot faoliyati va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻnalishlari boʻyicha infografika konsepsiyalarini va grafik dizaynini ishlab chiqish;
- tashkilotning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi maqolalar va postlar uchun vizual materiallarni tayyorlash;
- maxsus uslubni (firmennыy stil) ishlab chiqish, tashkilotning maxsus uslubiga muvofiqligini nazorat qilish;
- suvenir mahsulotlarning dizaynini ishlab chiqish;
- reklama materiallar va bannerlarini dizaynini yaratish;
- taqdimot materiallarini tayyorlash.
Oylik maosh suhbat asosida (nomzodning bilimi va tajribasiga qarab).
Imkoniyatlar: jamoaning qoʻllab-quvvatlovi, davlat va mintaqaviy darajadagi loyihalarda ishtirok etish, lavozimga koʻtarilish.
Oʻzbekiston Mehnat kodeksi boʻyicha rasmiy bandlik.
Rezyumelarni “Yuksalish” harakatining info@yumh.uz elektron manziliga “Grafik dizayner lavozimiga” deb yozgan holda yuborishingizni soʻraymiz.
Manzil: Toshkent sh., Bunyodkor chorrahasi 1A-uy (“Doʻstlik va NNTlar uyi” binosi, 8-qavat, “Yuksalish” harakati ofisi).