@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“El-yurt umidi” jamg‘armasi magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga Germaniyada 6 oylik stajirovka o‘tash uchun tanlov e’lon qilmoqda

 2019-04-25 16:20:27   |     Просмотров: 4674

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniyaning qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarida 6 oy muddat davomida stajirovka o‘tashga mo‘ljallangan dastur uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Stajirovka maqsadi — mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning Germaniya qishloq xo‘jaligi va turizmi kompaniyalarida amaliy tajriba va ilg‘or bilimlarni egallagan holda, ularning professional ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Dastur uchun ko‘rsatilayotgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (kamida 22 yosh), O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari magistranti, shuningdek, ingliz yoki nemis tilida erkin so‘zlasha oladigan bo‘lishi lozim.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stajirovka o‘tash uchun tanlangan nomzodlarning yo‘l xarajat (aviato‘lovlar, aeroportdan stajirovka o‘tash joyigacha bo‘lgan xarajat)larini o‘z zimmasiga oladi. Qolgan barcha xarajatlar, shu jumladan, har oylik stipendiyalar Germaniya kompaniyalari tomonidan qoplanadi.

Tanlov 4 bosqichdan iborat:

1-bosqich: hujjatlar qabuli, “LOGO” NNT rasmiy saytida (https://logoev.de/ru/fachpraktika-ru/bewerbungen-ru.html) joriy yilning 25 aprelidan boshlab 20 mayga qadar.

2-bosqich: test sinovlari va suhbat, 2019 yilning 25 may sanasidan 30 maygacha Tanlov komissiyasi tomonidan test sinovi va suhbatdan o‘tkaziladi.

3-bosqich: 2019 yilning iyun oyi nihoyasida barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlari Germaniya kompaniyalariga taqdim qilinadi. 

4 bosqich: Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha nomzodlar Germaniya kompaniyalariga joylashtiriladi.

Nomzodning stajirovka dasturida ishtirok etishi bo‘yicha so‘ngi qaror Germaniyaning muayyan bir tashkiloti yoki kompaniyasi tomonidan chiqariladi. Zaruriy hollarda nomzod o‘zi stajirovka o‘tuvchi kompaniya, tashkilot yoki fermer xo‘jaligi mutassaddi vakillari tomonidan Skype orqali suhbatdan o‘tkazilishi mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:  (71) 203-00-43