@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yevropa kunlari munosabati bilan Toshkent shahrida “Yevropa va Markaziy Osiyo: hamkorlik yo‘llari” mavzusida munozara uchrashuvi tashkil etildi

 2019-05-10 17:25:31   |     Просмотров: 4912

Joriy yilning 10-may kuni Toshkentda Yevropa kunlari munosabati bilan “Yuksalish” umummilliy harakati Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Yevropa va Markaziy Osiyo: hamkorlik yo‘llari” mavzusida munozara uchrashuvini tashkil etdi.

Maqsad — yurtimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ilg‘or xorij amaliyoti, zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni jalb etish va tadbiq qilish.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi aql markazlari, akademik doiralar, vazirlik va idoralar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoni umumiy maqsad – barqarorlik va farovonlikka tinchlik yo‘li bilan erishish birlashtiradi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan ham 1999-yil 1-iyuldan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularga a’zo davlatlar o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida, ham ikki tomonlama hamkorlik formatida hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Xususan, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi, Adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mita kabi 5 ta qo‘shma idoralar tashkil etilgan va bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha 2007 yilda qabul qilingan strategiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo hamkorlari bilan mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikka bo‘lgan uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarini ifodalaydi. Strategiya vazirliklar darajasida muntazam ravishda siyosiy muloqotni kuchaytirish va qonun ustuvorligi, ta’lim, atrof muhit va suv resurslari kabi muhim sohalardagi hamkorlikni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Bunda, mintaqa xavfsizligi va barqarorligi, xususan chegara nazorati va giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq umumiy tahdidlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2019 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi jog‘ida GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, Germaniya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyani amalga oshirishga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Strategiya Yevropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga hayrixohligini qayd etadi; Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash; Yevropa Ittifoqining mintaqada va uning tashqarisida barqaror aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yondoshuvini aniqlashtiradi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha siyosatini yanada muvofiqlashtirishga ko‘malashadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan munozara uchrashuvining asosiy ma’ruzachisi sifatida Germaniyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspert, Konrad Adenauer jamg‘armasining Yevropa va xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh shtabining Yevropa, Shimoliy Amerika bo‘limi departamenti rahbari – doktor Lars Xenzel chiqish qildi. Ekspert “Yevropa siyosatining dolzarb masalalari va chaqiriqlari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston va Yevropa mamlkatlari, jumladan, Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati