@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

7 fevral kuni Toshkent shahrida “Yuksalish” umummilliy harakatining rasmiy taqdimoti bo'lib o'tadi.

 -0001-11-30 00:00:00   |     Просмотров: 2406

7-fevral kuni Toshkent shahrida “Yuksalish” umummilliy harakatining rasmiy taqdimoti bo'lib o'tadi

2019-yilning 7-fevral kuni poytaxtimizda “Yuksalish” umummilliy harakatining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 

Tadbir doirasida “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning milliy ustuvor vazifalari va istiqbollari” mavzusida Fuqarolik tashabbuslari forumi tashkil etiladi.

Fuqarolik forumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Yuksalish” umummilliy harakatning asosiy maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida birlashtirish hisoblanadi.