@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Buloqboshi tumanida

 2021-09-30 09:32:25   |     Просмотров: 3411

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020-2024 yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirmoqda. “Yuksalish” umummilliy harakati mazkur loyihada ko‘makchi hamkor sifatida ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 28-sentyabr kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida tuman ishchi guruhini tuzish hamda "Qishloq taraqqiyot rejasi"da ko‘rsatilgan subloyihalarni tasdiqlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, Loyihani amalga oshirish guruhi vakillari, Fransiyaning Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi (ACTED) boshchiligidagi Ko‘makchi hamkorlar – “Yuksalish” UMH, “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi xodimlari, mas’ul tashkilot hamda korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda dastlab ishtirokchilarga loyiha taqdimot qilindi, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4898-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman ishchi guruhi tuzildi.
Shuningdek, Soybo‘yi MFYda tuzilgan “Mahalla taraqqiyoti” guruhi raisi va qishloq fasilitatori tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Aholini loyihada ishtirok etishga ijtimoiy safarbarlik qilingani, aholi bilan birgalikda mahalla manba xaritalari chizilgani va aniqlab olingan infratuzilma muammolari qayd etildi.
“Qishloq taraqqiyot rejasi” muhokamasidan so‘ng, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida aholi tomonidan tanlangan eng dolzarb subloyiha – ichki yo‘llarni asfaltlash tasdiqlandi va Loyihani amalga oshirish guruhiga taqdim etish uchun tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun, mazkur loyihada Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 300 dan ortiq qishloqlar ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyihaning jami qiymati 183,6 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bunda Jahon banki 100 mln AQSh dollari, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki 82 mln AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari, O‘zbekiston hukumati 1,6 mln AQSh dollari ajratgan.
                                                                                                                                                             “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati