@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va USAIDning O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari bo’yicha dasturi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 2019-04-18 11:53:09   |     Просмотров: 3808

“Yuksalish” harakati va AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari bo'yicha dasturi o'rtasida hamkorlik memorandumu imzolandi

Tomonlar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida NNT uchun huquqiy bazani yanadatakomillashtirish sohasida hamkorlik qilishga kelishi boldilar.

Jumladan, hamkorlikdoirasidafuqarolik jamiyati institutlarining manfaatlarini himoya qiluvchi va ilgari suruvchi, ular uchun huquqiy muhit va moliyaviy imkoniyatlar hamda ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish kabijihatlarniqamrabolgano'rta va uzoq istiqbolgamo’ljallanganfuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo'nalishlari va milliy modelini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Memorandumni amalga oshirish bo'yicha“yo'l xaritasi” doirasida “Yuksalish” umummilliyharakatinegizida fuqarolik jamiyati va NNTlar uchun huquqiy muhitni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun maslahat uchrashuvlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va forumlar uchun maxsusplatforma tashkil etish nazardatutilgan.

Bundantashqari, milliy ekspertlar va parlament a’zolarining ushbu sohadagi ilg'or xorijiy tajriba hamda eng yaxshi qonunchilik amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida Gruziyava Bolgariya davlatlariga tashrifi rejalashtirilgan.Davlat idoralari va NNTlar vakillari, ekspertlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini keng jalb qilgan holda tahliliy hisobotlartayyorlanadi. Fuqarolik jamiyati rivoji uchun sharoitlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqish hamnazardatutilgan. Mazkurqonun loyihasining jamoatchilik muhokamalarini hududlarda ham o'tkazishrejalashtirilmoqda.

Umuman olganda, hamkorlikningasosiyyo’nalishlaridanbirisifatida— fuqarolarning tinch hayot va ijtimoiy farovonlikni ta'minlash jarayonlarida ishtirok etish yuzasidanhuquqlarini ta’minlash, aholining turli qatlamlari uchun teng imkoniyatlarga ega inklyuziv jamiyatni shakllantirishgako'maklashishdaniborat.

 

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati